Yangiliklar

8-martni qanday nishonlash va xarajatlarning bir qismini 8% keshbek bilan qaytarib olish

Katya Bulgakova

 

Sovg‘alar, kechki ovqat, kofe, taksi, konsert yoki kinoga chiptalar: 8-mart kuni xarajatlar yetarlicha. Bayram munosabati bilan TBC Bank tomonidan TBC Salom kartasi bo‘yicha aksiya hamkorlarida 8% miqdorida oshirilgan keshbek joriy qildi. 1-martdan 9-martgacha hamkorlarning terminallarida karta orqali to‘lov qiling va summaning 8% keyingi oyda avtomatik ravishda kartangizga qaytariladi. Quyida 8-martni qanday nishonlash va TBC Salom kartasi bilan 8% keshbekka ega bo‘lishning 4 ta usuli.

Qanday to‘lovlar uchun 8% keshbek hisoblanadi?

Oshirilgan 8% keshbek xarid uchun to‘lov hamkorlarimiz nuqtalarida TBC Salom kartasi yordamida terminal orqali amalga oshirilsa hisoblanadi (filiallari yo‘q hamkorlar bundan mustasno).


Agar yetkazib berish xizmatidan foydalansangiz, keshbek hamkor servis masalan, Yandex Go yoki Yandex Eats orqali amalga oshirilganda beriladi.


Agar buyurtma uchun to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlarning botlari yoki veb-saytlarida amalga oshirilsa, keshbek hisoblanmaydi.

1. Restoran yoki qahvaxonada nishonlash

Agar 8-martni uydan tashqarida nishonlashni xohlasangiz, Yaponamama'da kechki ovqatni yoki yengilroq usul — Costa Coffee yoki Zira'da kofe va shirinliklarni tanlash mumkin. Masalan, ikki kishi uchun 500 000 so‘mlik chek 40 000 so‘m — 8%  keshbek degani.


Taksi uchun ham keshbek mavjud: agar Yandex Go orqali buyurtma qilsangiz, yo‘l haqqining 8% qaytariladi.

2. Sovg‘a olish

Agar 8-martga onangiz, opa-singlingiz, rafiqangiz, dugonangiz yoki hamkasbingizga sovg‘a olmoqchi bo‘lsangiz, turli xil tanlov mavjud bo‘lgan joyga borgan yaxshi. Masalan, Bloom do'konlarida har qanday yoshdagi inson uchun go'zallik mahsulotlari to‘plamini topish mumkin: yuz yoki soch parvarishi vositalari, dekorativ kosmetika, parfyum, aksessuarlar.


Agar kosmetika mahsulotlariga onlayn buyurtma bersangiz, to'lovlarni hamkor servisi orqali yoki do'kondagi kassada amalga oshiring. Buyurtma uchun to'lov to'g'ridan-to'g'ri hamkorning saytida yoki botida amalga oshirilsa, keshbek hisoblanmaydi.

3. Bayramni uyda nishonlash

Agar 8-martni uyda o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, oqshomni osongina bayramga aylantirish mumkin. Kechki ovqatni uyga buyurtma qilib, vaqtingizni ovqat tayyorlashga sarflamaysiz. 


Pitsa, gazaklar va shirinliklarni Bellissimo'dan, sushi va rollarni esa Yaponamama'dan olishingiz mumkin. Keshbek restoranning o‘zida TBC Salom orqali to‘lov amalga oshirilganda yoki yetkazib berishda Yandex Eats hamkor servisi orqali rasmiylashtirilganda hisoblanadi. Buyurtma uchun to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri restoranlarning botlarida amalga oshirilganda keshbek hisoblanmaydi.

4. Kino, konsert yoki bayram tadbiriga borish

Agar 8-martni restoranda ham, uyda ham nishonlashni istamasangiz, kino, konsert yoki biron bir tadbirga borishingiz mumkin. Chiptalarni oldindan payme tickets orqali xarid qilib, to'lovni TBC Salom kartasi orqali amalga oshiring. 


Masalan, 200 000 so‘mlik ikkita chipta uchun 16 000 so‘m keshbek qaytariladi. Manzilga esa taksida yetib borish mumkin, keshbek bunday qatnovlarga ham amal qiladi.

TBC Bank 8-mart bilan tabriklaydi!

Bayramga atalgan 8% li oshirilgan keshbek — bu yoqimli bonus, biroq oddiy kunlarda ham TBC Salom kartasida hamkorlardan keshbek mavjud. Shu sababli kundalik xaridlaringizning bir qismi kartangizga qaytishi mumkin. Agar sizda hali TBC Salom kartasi bo‘lmasa unga buyurtma berib, oshirilgan keshbekni olishga ulguring. 


Kartani 3 kun ichida bepul yetkazib beramiz.

Yangiliklar

foydali takliflar va yangiliklar haqida ma’lumot beramiz