
TBC Bank va payme ba’zi xizmatlari uchun OneID qanday sozlanadi
Nataly Fein
TBC Bank va payme servislarining ba’zi xizmatlaridan foydalanish uchun OneID orqali shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga ruxsat berish kerak. Buni qanday qilishni tushuntiramiz.
Avval OneID va MyID ilovalari o‘rnatilganiga ishonch hosil qiling. Telefon raqamingiz MyID tizimiga ulanmagan bo‘lsa, MyGov ilovasini ham o‘rnating.
Yoki raqamli hukumat tizimlarining har birida alohida ro‘yxatdan o‘tmaslik uchun yagona akkaunt yaratishingiz mumkin.
1. MyID’da telefon raqamingizni tekshiring
Akkauntingizga kiring. Tizimga kirish uchun pasport ma’lumotlarini, agar norezident bo‘lsangiz — JSHSHIR ma’lumotlarini kiriting.
“Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limidagi “Telefon raqami” bandiga o‘ting.
Amaldagi telefon raqamingiz ko‘rsatilganiga ishonch hosil qiling. Hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, keyingi bosqichga o‘ting.
Agar raqam ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri bo‘lsa, “Raqamni o‘zgartirish” tugmasini bosing va JSHSHIRingizga rasmiylashtirilgan telefon raqamini kiriting.
Agar raqam sizning nomingizda bo‘lmasa yoki uni olishda JSHSHIRni ko‘rsatmagan bo‘lsangiz, mobil operatorga murojaat qilib raqamni qayta rasmiylashtiring va uni JSHSHIRingizga biriktiring.
Keyin, MyGov ilovasida raqamni yangilash lozim. Buning uchun:
MyID ilovasida:
- “Ishonchli” bo‘limini oching;
- MyGov’ni toping va “O‘chirish” tugmasini bosing.
Keyin MyGov ilovasini oching. Ilovada avtorizatsiyadan o‘tgan bo‘lsangiz, undan chiqing va MyID orqali qaytadan kiring.
Yuqori chap burchakda, ismingizning yonida to‘g‘ri telefon raqami ko‘rinayotganiga ishonch hosil qiling.
Raqam ko‘rinmasa, yuqoridagi harakatlarni takrorlang.
2. OneID’da TBC Bank va payme uchun ruxsat bering
Ruxsat OneID ilovasida beriladi. Unga MyID orqali kiring.
Keyin:
- “Boshqaruv” bo‘limini oching va “Batafsil sozlamalar”ni tanlang.
- Qidiruv orqali TBC Bankni toping va ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat bering.
- payme uchun ham xuddi shu jarayonni takrorlang.
Tayyor! Endi OneID tizimi TBC Bank va payme bilan ishlaydi.
Qiyinchiliklarga duch kelsangiz, bankning 1150 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki qo‘llab-quvvatlash chatiga yozing.




