TBC Kredit haqida tez-tez so‘raladigan savollar
Bu yerda TBC Kredit haqida ko‘p so‘raladigan savollarga javob topasiz. Bu — 28% dan 49% gacha stavka bilan 100 mln so‘mgacha beriladigan onlayn kredit. Uni 3 oydan 36 oygacha muddatga, garovsiz va kafillarsiz, TBC UZ ilovasining o‘zida olishingiz mumkin.
Agar siz kerakli ma’lumotni topmagan bo‘lsangiz, qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling — biz sizning barcha savollaringizga mamnuniyat bilan javob beramiz.
Qo‘llab-quvvatlash telefoni: 1150
Ma’lumotlaringiz asosida tizim avtomatik hisoblaydi. Yosh, daromad miqdori, kredit tarixi va hozirgi kredit qarzlari inobatga olinadi. Ushbu omillarga qarab, stavka yillik 28% dan 49% gacha bo‘lishi mumkin.
Buning bir necha yo‘li bor.
Eng qulayi — TBC UZ ilovasida komissiyasiz to‘lash. Buning uchun:
- "Kreditlar" bo‘limini oching va "To‘lov" tugmasini bosing.
- Kerakli summani yozing va pul yechiladigan kartani tanlang.
- SMS orqali to‘lovni tasdiqlang va kredit to‘langani haqida xabar oling.
Boshqa to‘lash usullari:
- payme ilovasida 1% komissiya bilan.
- Click ilovasida 1% komissiya bilan.
- Paynet to‘lov terminallarida 2% komissiya bilan.
Ha, qulay variantni tanlaysiz:
- Qarzni tezroq to‘lash uchun qo‘shimcha to‘lovlar qilish.
- Kredit summasini bitta to‘lov bilan to‘liq qaytarish.
Kreditni muddatidan oldin to‘liq yoki qisman qaytarish uchun: TBC UZ ilovasida "Kredit" bo‘limiga kiring, "To‘lov" va "Muddatidan oldin qaytarish" tugmalarini bosing. Kerakli summani kiriting.
Ha, to‘lov kechikkanda sizga belgilangan jarimalar, shuningdek, kuniga kechiktirilgan qarz summasining 0,5 foizi miqdorida jarima hisoblanishi mumkin. Bu jarayon kechiktirilgan to‘lov to‘lanmaguncha davom etadi. Jarimalar miqdorini ushbu kredit ma’lumotnomasi orqali bilib olishingiz mumkin.
Kredit sug‘urtasi bu — ixtiyoriy qo‘shimcha xizmat bo‘lib, uni kredit olish uchun ariza berish bilan bir vaqtda rasmiylashtirish mumkin.
Sug‘urta "TBC Bank" ATBning hamkor sug‘urta tashkilotlaridan biri tomonidan taqdim etiladi.
Sug‘urta hodisasi yuz berganda, sug‘urta kompaniyasi sizning bank oldidagi qarzingizni sug‘urta summasi doirasida qoplaydi.
Sug‘urtaning asosiy shartlari tavsifi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Muhim:
Kechiktirilgan to‘lov uchun hisoblangan jarimalar, penyalar va boshqa to‘lovlar sug‘urta tomonidan qoplanmaydi.
Sug‘urtaning to‘liq shartlari bilan shu yerda tanishish mumkin.
Tizim avtomatik qaror qabul qiladi va bir necha mezonlarni hisobga oladi. Kredit bir yoki bir necha sababga ko‘ra rad etilishi mumkin. Misol uchun, boshqa bankdan kredit olgan va daromadingizning yarmidan ko‘pini uni to‘lashga sarflayotgan bo‘lsangiz.
Agar arizangiz rad etilsa, yangi ariza topshirish muddatlarini SMS orqali yuboramiz. Bu vaqt ichida rad etish sabablarini bartaraf qilishingiz mumkin.