Barcha maqolalar
Kreditlar

Pulni avgust oyida sarflab yubormasdan maktabga qanday tayyorlanish mumkin

Katya Bulgakova

 

Maktabga tayyorgarlik faqat daftar va ruchka sotib olish emas. Kiyimlar, ryukzak, o‘quv qurollari va ko‘plab mayda narsalar olish kerak. Hammasini avgustda olish oila byudjetiga og‘irlik qiladi. Uchinchi sinf o‘quvchisining dadasi Timur maktab harakatini nega bahordan boshlashini, qayerda tejab, qaysi joyda pul ayamasligini gapirib berdi.

Tayyorgarlikni bahordan boshlaymiz

O‘g‘lim 1 va 2-sinfda o‘qiganida hamma narsani avgustda olishga urinardik. Keyin bu xato fikrligini tushundik. Bittada kiyim, forma, ryukzak va boshqa mayda narsalarga pul to‘lashga to‘g‘ri kelardi.

 

Bu yil o‘g‘lim uchinchi sinfga boradi, shuning uchun tayyorgarlikni apreldan boshladik. Xorijiy marketpleyslardan ham narsalar olganimiz uchun chegirmalarni kuzatdik. Birinchi narxi tushgan krossovkani xarid qildik, ikki haftadan keyin esa chegirmadagi ryukzakni oldik.

 

Brend sport kostyumini chegirmada 250 ming so‘mga oldik. Asl narxi 900 ming atrofida edi.  Har kunlik krossovkasi 600 ming so‘mga tushdi.

 

Xaridlarni TBC Salom kartasi orqali qilamiz. Har bir xariddan keshbek qaytgani uchun chegirmalardan tashqari yana qo‘shimcha foyda ko‘ramiz.

Tejaladigan va tejalmaydigan buyumlar

Ryukzak — eng qimmat xaridlarimizdan biri. Undan tejashga harakat qilmaymiz. Bola har kuni ko‘tarib yurishi uchun orqa qismi anatomik va tasmalari qulay modellarni tanlaymiz. Shuning uchun chegirmalarni kuzatib, sumkani bahordan olib qo‘yamiz. Bahorda yaxshi modelni arzonroqqa topsa bo‘ladi, maktab payti yaqinlashganda narxlar ko‘tariladi. 


Chegirmada yaxshi ryukzakni 600 minglarga topsa bo‘ladi, asl narxi esa 1,5 milliondan oshib ketadi. Sumkani kattasidan olmaymiz, bolaning bo‘yiga qarab tanlaymiz. Sifatlisi ikki-uch yilga bemalol yetadi. 


Har kuni kiyiladigan kiyim va boshqa asosiy narsalarni ikkitadan olamiz. Bitta kiyimi kir bo‘lib qolsa, o‘rniga boshqasini kiyadi.   


Ba’zida bolaning kayfiyatni ko‘tarish uchun ham nimadir olib beramiz. Masalan, qalam ustiga taqiladigan qiziqarli o‘yinchoqlar va shunga o‘xshash arzimas narsalar. Bular arzon turadi, bolaning ham kayfiyatini ko‘taradi.

O‘zi tanlashiga ruxsat beramiz

Kiyim yoki poyabzal olishga o‘g‘lim bilan boramiz. Ko‘pincha internetdan o‘zimizga narxi va sifati to‘g‘ri keladigan bir nechta variantni ko‘rsatamiz. Oxirgi qarorni uning o‘zi qabul qiladi.

 

Shunda u o‘zi tanlagan narsasini xursand bo‘lib kiyib yuradi, biz ham bekorga tortishib o‘tirmaymiz.

Maktabga qancha pul ketdi

Bizda maktab uchun alohida byudjet yo‘q. Bolamizga nima kerakligini oldindan bilib oyma-oy sotib olaveramiz. Shunda avgustda birdaniga katta pul ishlatilmaydi va og‘irligi tushmaydi.

 

Bu yil kiyimlar, sumka va kanselyariya buyumlariga 5 million so‘mga yaqin pul ketdi. Buning ichida kiyim-kechak va qishki oyoq kiyimlar ham bor. Hammasini qo‘shganda shu summa bo‘ldi.

Nima olindi

Qancha ketdi

Ryukzak

600 ming so‘m

2 juft shim

500 ming so‘m

5 ta kalta va uzun yengli ko‘ylak

600 ming so‘m

Sport kiyimi

250 ming so‘m

Krossovka

600 ming so‘m

Mavsumiy kiyimlar (bir qismi)

750 ming so‘m

Qishki poyabzal

1 mln so‘m

O‘quv qurollari (ruchka, qalam, bo‘yoq, muqova, sirkul, qaychi, penal, kundalik)

500 ming so‘m

Hammasi:

4,8 mln so‘m

Ota-onalarga maslahatim

Xaridlarni avgustga qoldirmang. Tayyorgarlikni oldinroq ko‘rsangiz, chegirmalarni kutishga, narxlarni shoshilmay solishtirishga va haqiqatan ham sifatli narsalarni tanlashga vaqtingiz bo‘ladi.

 

Yana bir maslahat — bolaning qulayligi va salomatligi bilan bog‘liq narsalarga, masalan ryukzak yoki oyoq kiyimga pul tejamang. Arzonini olgandan ko‘ra, sifatlisini oldindan chegirmada topgan yaxshi.

Maktab tayyorgarligini avgustda boshladingizmi?

Unda kerakli narsalarni TBC Osmon kredit kartasi bilan xarid qilib, pulini bo‘lib to‘lashingiz mumkin. Kartani 4-avgustdan 31-avgustgacha rasmiylashtiring va 150 kungacha foizsiz muddatdan foydalaning.

 

Masalan, kiyimlar va o‘quv qurollariga 3 million so‘mcha pul ishlatdingiz. Buni keyingi 4 oy davomida hech qanday ustamasiz, oyiga 700 000 so‘mdan bo‘lib qaytarsangiz bo‘ladi. Summa 1-yanvargacha to‘liq yopilmasa, qolgan qismiga foizlar hisoblanadi.

Maktab tayyorgarligini avgustda boshladingizmi?

Unda kerakli narsalarni TBC Osmon kredit kartasi bilan xarid qilib, pulini bo‘lib to‘lashingiz mumkin. Kartani 4-avgustdan 31-avgustgacha rasmiylashtiring va 150 kungacha foizsiz muddatdan foydalaning.

 

Masalan, kiyimlar va o‘quv qurollariga 3 million so‘mcha pul ishlatdingiz. Buni keyingi 4 oy davomida hech qanday ustamasiz, oyiga 700 000 so‘mdan bo‘lib qaytarsangiz bo‘ladi. Summa 1-yanvargacha to‘liq yopilmasa, qolgan qismiga foizlar hisoblanadi.

*Aksiya 2026-yil 4-avgustdan 31-avgustgacha TBC Osmon Mastercard kredit kartasini rasmiylashtirgan yangi mijozlar uchun amal qiladi. Aksiya doirasida amalga oshirilgan xarid operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkasi 2026-yil 31-dekabrgacha yillik 0% ni tashkil etadi. Aksiyaning batafsil shartlari, cheklovlari va istisnolari tbcbank.uz saytida joylashtirilgan.