Barcha maqolalar
Yangiliklar

TBC Plus obunasining narxi, imkoniyatlari va mijozlari

Ziyoda Gaznaboyeva

 

TBC Plus — bu TBC Bank Uzbekistan ilovasidagi oylik obuna. U bank xizmatlarini birlashtiradi va turli bonuslarni taqdim etadi. 2026-yil 6-sentyabrdan boshlab obunada yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi: yangi foydalanuvchilar uchun 30 kun bepul muddat, Setanta Sports obunasi va oyiga 5 mln so‘mgacha komissiyasiz pul o‘tkazmalari. TBC Plus imkoniyatlari, narxi va u kimga mos kelishi haqida ma’lumot beramiz.

TBC Plus obunasi qanday imkoniyatlarga ega?

Obuna bir necha xizmat va imtiyozlarni o‘z ichiga oladi.


Komissiyasiz pul o‘tkazmalari. TBC Bank Uzbekistan ilovasida oyiga 5 mln so‘mgacha pulni komissiyasiz o‘tkazish mumkin. Lekin ushbu qulaylik TBC Osmon kartalariga pul o‘tkazganda amal qilmaydi va bank komissiya oladi.


Qo‘shimcha keshbek. Obuna bilan TBC Salom kartasi orqali to‘langan oflayn xaridlardan qo‘shimcha 1% keshbek beriladi. Masalan, bir oy ichida kartangiz orqali 2 mln so‘m sarflagan bo‘lsangiz, obunasiz 20 000 so‘m, TBC Plus bilan esa 40 000 so‘m keshbek olasiz. Obuna bo‘yicha qo‘shimcha keshbek umumiy summasi oyiga ko‘pi bilan 500 000 so‘m bo‘ladi.


Hamkorlik xizmatlari. Obuna bilan odatda alohida to‘lanadigan xizmatlardan bepul foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz. Masalan, TBC Plus obunasi Yandex Plus va Setanta Sports obunalarini o‘z ichiga oladi.


2026-yil 6-sentyabrdan boshlab obuna bilan Safia’dan bepul kofe olib bo‘lmaydi. Agar siz TBC Plus’ni oldinroq ulagan bo‘lsangiz, o‘sha obuna oyining oxirigacha bepul kofe olishingiz mumkin. Agar obunani 6-sentyabrda yoki undan keyin ulasangiz, bepul kofe ololmaysiz.


Kirim-chiqimlar nazorati. Obuna bilan pulingiz nimalarga sarflanganini yaxshiroq tushunasiz. Ilovada pulingiz eng ko‘p nimaga sarflanganini tekshirish , xarajatlarni kategoriyalar bo‘yicha kuzatish va ortiqcha xarajatlarni ko‘rish imkoni bor.

TBC Plus obunasi narxi qancha?

TBC Plus obunasi narxi oyiga 39 990 so‘m. Yangi foydalanuvchilar uchun birinchi 30 kun bepul: obunani bemalol sinab ko‘rasiz, imkoniyatlaridan foydalanasiz va u sizga qanchalik mos kelishini bilib olasiz. Obunani istalgan vaqtda bekor qilsangiz bo‘ladi.

TBC Plus kimga mos keladi?

Obuna tez-tez karta bilan to‘lov qiladigan, doim kartadan pul o‘tkazadigan yoki pullik xizmatlardan foydalanadigan insonlarga mos keladi.


TBC Plus bilan siz karta orqali to‘langan oflayn xaridlardan qo‘shimcha keshbek olasiz, o‘tkazmalar uchun olinadigan komissiyalardan pul tejaysiz hamda Yandex Plus va Setanta Sports’dan bepul foydalanasiz.


Masalan, bir oyda TBC Salom kartangiz orqali 2 mln so‘m sarfladingiz. Obunasiz 20 000 so‘m, TBC Plus bilan esa 40 000 so‘m keshbek olasiz. Ya’ni, qo‘shimcha keshbekning o‘zi bilan siz yana 20 000 so‘m olasiz.


Setanta Sports narxi oyiga 49 999 so‘m, Yandex Plus esa 15 999 so‘m. Jami deyarli 66 000 so‘m. TBC Plus bilan ikkala xizmat ham bonus sifatida qo‘shib beriladi. Shu sababli ularni to‘lashda oyiga 26 000 so‘mdan ko‘proq pul tejab qolasiz.

Obuna qanday ulanadi?

Obunani TBC Bank Uzbekistan ilovasining o‘zida ulaysiz. Asosiy ekranda "Barcha xizmatlar" knopkasini bosing, TBC Plus’ni tanlang va ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.


Obuna haqida batafsil ma’lumot — TBC Bank Uzbekistan ilovasida.