Barcha maqolalar
Yangiliklar

TBC Plus va payme plus endi bitta obunada

TBC Blog tahririyati

 

Oldin TBC Plus va payme plus ikkita alohida obuna edi. 5 oktyabrdan boshlab ular o‘rniga bitta obuna bo‘ladi. Unda oldingi obunalardagi barcha bonuslar va yangi imkoniyatlar jamlanadi. Yangi obunaga nimalar kirishi va u qanday ishlashini tushuntiramiz.

Obunaga nimalar kiradi

1% dan keshbek. TBC Bank kartalari bilan onlayn va oflayn xaridlar uchun 1% keshbek olasiz. Hamkorlarda esa keshbek 5% gacha bo‘ladi.  


Komissiyasiz pul o‘tkazmalari. Oyiga 5 mln so‘mgacha istalgan kartaga komissiyasiz pul o‘tkazish mumkin. Xalqaro o‘tkazmalar, Osmon kartasi va Credit Wallet hisobidan qilinadigan o‘tkazmalar uchun komissiya saqlanib qoladi. 


TBC Salom kartasidan o‘tkazma limiti oshadi. TBC Salomdan boshqa kartalarga oyiga pul o‘tkazish limiti — 25 mln so‘m. Obuna bilan bu limit 50 mln so‘mgacha oshadi. Pulni xalqaro kartalardan tashqari istalgan kartaga o‘tkazish mumkin.  


Yandex Plus va Setanta Sports. Obunaga Yandex Plus’ning barcha servislari va Setanta Sports’ga kirish ham kiradi. Ular uchun alohida to‘lash shart emas.
payme plus. Yangi obunada payme ilovasidagi “Hammasi ichida” tarifi ham bor. Buning uchun ham to‘lov qilish shart emas.


Kirim-chiqimlarni kuzatish. Servis karta orqali qilgan barcha operatsiyalarni ko‘rish va xarajatlar hamda tushumlar bo‘yicha statistikani kuzatishga yordam beradi. Kartani yo‘qotib qo‘ysangiz, uni shu yerning o‘zida bloklashingiz ham mumkin.

Obuna qancha turadi

Obunaning odatiy narxi oyiga 44 990 so‘m. 2026 yil 31 dekabrgacha maxsus narx, oyiga 39 990 so‘m amal qiladi. Yangi mijozlar obunani 30 kun bepul sinab ko‘rishlari mumkin. Shu vaqt ichida xizmatlardan foydalanib, obuna sizga mos kelish-kelmasligini bilib olasiz. Keyin undan foydalanishni davom ettirish yoki to‘xtatish mumkin.

TBC Plus obunasi bo‘lsa, nima qilish kerak

Sizda hozir TBC Plus bo‘lsa, obuna avvalgidek ishlashda davom etadi. Hech narsa qilishingiz shart emas. Xohlasangiz, yangi yagona obunaga bepul o‘tishingiz ham mumkin. Buning uchun ilovada o‘tishni tasdiqlash kerak.


5 oktyabrdan boshlab TBC Plus’ni alohida rasmiylashtirib bo‘lmaydi. U faqat payme plus bilan birga, yagona obuna sifatida beriladi.