Barcha maqolalar
Kreditlar

TBC Avto yangi mashina olishda qanday yordam beradi

Alisa Granova

 

Yangi mashinani olishda uning rusumini tanlashdan tashqari, dilerlarning takliflari va to‘lov shartlarini ham o‘rganib chiqish kerak. TBC Avto shu jarayonni osonlashtiradi. Servis qanday ishlashi va mashina olayotganda undan qanday foydalanish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

TBC Avto o‘zi nima

TBC Avto — TBC Bank Uzbekistan ilovasidagi yangi servis. Unda rasmiy dilerlarning mashinalari bir joyga to‘plangan.
Servis orqali mashinalar va ular bo‘yicha takliflarni ko‘rish, shartlarni solishtirish va budjetingizga mos variantni tanlash mumkin. Mashina uchun to‘lovni o‘zingizga qulay usulda qilasiz. To‘liq to‘lashingiz, kreditga yoki 0% kreditga olishingiz mumkin.

TBC Avto’da qanday mashinalar bor

TBC Avto’da har xil rusumdagi va toifadagi yangi mashinalar bor. Katalogda Chevrolet Damas’dan tortib, Mercedes-Maybach S-Class’gacha topasiz. Katalog doim yangilanib boradi.


Bitta rusum uchun har xil shartli takliflar bo‘lishi mumkin. Masalan, kreditga xarid qilganda boshlang‘ich to‘lov, kredit muddati va oylik to‘lov har xil bo‘ladi. 


TBC Avto’da minilgan mashinalar yo‘q. Servis faqat yangi mashinalar bilan ishlaydi.

Mashina qanday tanlanadi

TBC Avto’da mashinani bir nechta usulda qidirish mumkin.


Rusumi va modeli bo‘yicha. Qaysi mashinani olishni bilsangiz, uning rusumi va modelini tanlang. Shunda shu mashina bo‘yicha bor takliflarni ko‘rasiz. 


Solishtiruv natijalari bo‘yicha. Bir nechta mashinani topib, qaysi birini tanlashni bilmayotgan bo‘lsangiz, ularni filtrlarda belgilang va bir-biri bilan solishtirib ko‘ring. 


Byudjet bo‘yicha. Mashina uchun hozir qancha pul ajrata olishingizni yoki kreditga olmoqchi bo‘lsangiz, boshlang‘ich to‘lov uchun qancha pulingiz borligini kiriting. TBC Avto shu byudjetga mos avtomobillar va takliflarni ko‘rsatadi.


To‘plamlar bo‘yicha. Hali qaysi mashinani olishni bilmasangiz, tayyor takliflarni ko‘rib chiqing. Ular sotib olish shartlariga qarab guruhlangan. Masalan, 0% kreditli mashinalar alohida ko‘rsatiladi.


Har bir mashina uchun alohida kartochka bor. Unda mashinaning asosiy xususiyatlari va takliflari ko‘rsatiladi. Kredit variantida esa boshlang‘ich to‘lov, foiz stavkasi, kredit muddati va oylik to‘lovni ko‘rish mumkin. 


Mashina tanlaganingizdan keyin xarid usulini belgilang va rasmiylashtirishga o‘ting.

Xarid usulini tanlagandan keyin nima bo‘ladi

TBC Avto vakili siz bilan bog‘lanadi. U keyingi qadamlarni tushuntiradi. Sizga mos xarid shartlarini tanlashda yordam beradi va avtosalonda uchrashuv vaqtini belgilaydi.


Pul to‘liq to‘langanda. TBC Avto vakili avtosalondagi hujjat ishlariga yordam beradi va mashinani olguningizcha siz bilan bo‘ladi.


Kredit yoki 0% kreditga olinganda. Oldin kredit bo‘yicha qaror chiqariladi. Keyin TBC Avto vakili bilan birga o‘tirib, mashinani va uni shartlarni aniqlashtirasiz. Vakil tanlagan shartlaringiz asosida yakuniy arizani topshiradi va keyingi rasmiy ishlarda yordam beradi.


Hujjatlar yoki kredit shartlari bo'yicha hamma savollarga TBC Avto vakili javob beradi.
Jarayonda mashina rusumi, komplektatsiyasi yoki xarid shartlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, buni TBC Avto vakiliga ayting. U sizga boshqa variantni tanlash va keyingi qadamlarni moslashtirishga yordam beradi.


TBC Avto vakili nimalarda yordam berishi haqida batafsil alohida maqola yozganmiz.

TBC Avto’ga kirish uchun nima qilish kerak

TBC Avto servisi TBC Bank Uzbekistan ilovasida bor. Ilova sizda bo‘lsa, uni yangilang va TBC Avto bo‘limiga kiring. Servisdan foydalanish uchun alohida ro‘yxatdan o‘tish shart emas.


Ilova hali telefoningizda bo‘lmasa, uni yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting. Keyin TBC Avtoga kirib, o‘zingizga mos mashinani tanlang.


TBC Bank Uzbekistan ilovasini yuklab oling: App Store | Google Play