Barcha maqolalar
Kreditlar

Kredit uchun aslida qancha ortiqcha to‘layapsiz

Nataly Fein

 

Kredit haqida so‘z borganda, ko‘pincha odamlar yillik stavkaga qarab, ortiqcha to‘lov miqdorini hisoblashadi. Lekin, aslida unday emas. Kredit stavkasi nima ekanligi, foizlar qanday hisoblanishi va ortiqcha to‘lovni kamaytirish usullarini ko‘rib chiqamiz.

Kredit stavkasi o‘zi nima?

Kredit stavkasi siz olgan pul uchun bank qancha foiz qo‘shishini ko‘rsatadi. Lekin, aniq qancha ortiqcha pul to‘layotganingizni ko‘rsatmaydi. Masalan siz, 1 yilga 29% yillik stavka bilan 10 mln so‘m kredit oldingiz. Agar ortiqcha 2,9 mln so‘m to‘layman deb o‘ylasangiz, bu noto‘g‘ri. Bu boshqacha hisoblanadi.


Yakuniy ortiqcha to‘lov miqdori nafaqat foiz stavkasiga, balki kredit summasi, muddati hamda qaytarish tartibiga ham bog‘liq. Agar ikki shaxs 45% yillik stavka bilan kredit olsa va kredit summasi yoki muddati turlicha bo‘lsa, foiz to‘lovlari ham farq qiladi.


Reklamalarda ko‘pincha kreditning maksimal stavkasi — yiliga 49% ko‘rsatiladi. Bu, barchaga ushbu stavkada kredit beriladi degani emas. Har bir arizani bank alohida ko‘rib chiqadi va foizni mijoz hamda kredit shartlariga qarab belgilaydi. Aniq stavkani ariza ko‘rib chiqilgandan keyin bilish mumkin.

Ortiqcha to‘lov miqdorini qanday bilish mumkin?

Foizlar kreditning boshlang‘ich summasiga emas, balki qarzning qolgan qismiga hisoblanadi. Ya’ni, har bir oylik to‘lovdan so‘ng qarz kamayib boradi. Qarz kamayishi bilan, keyingi foizlar ham kichikroq summaga hisoblanadi.


Shu sababli, 10 mln so‘m 1 yilga 29% stavkada olinsa, ortiqcha to‘lov 2,9 mln so‘m emas, taxminan 1,6 mln so‘m bo‘ladi. Aniq summa kredit shartlari va to‘lov jadvaliga bog‘liq. Asosiy tamoyil: qarz qoldig‘i kamaygani sari foizlar ham kamayib boradi.

Onlayn kalkulyator yordamida ortiqcha to‘lov miqdorini oldindan taxmin qilish mumkin. Kerakli kredit summasi, foiz stavkasi va muddatni kiriting.


Kredit olayotganda, ortiqcha to‘lov summasini oldindan hisoblash mumkin. Muddatidan oldin to‘liq yoki qisman kreditni yopsangiz ortiqcha to‘lov ham kamayadi. Bu qanday ishlashi haqida alohida maqolada yozganmiz.

Qisqacha: kredit stavkasi nima?

Stavka aniq ortiqcha to‘lovni emas, foizlarni ko‘rsatadi. Kredit foizlari qarz qoldig‘iga hisoblanadi, shuning uchun ortiqcha to‘lovni kredit summasini stavkaga ko‘paytirish orqali hisoblab bo‘lmaydi.


Reklamada maksimal stavka raqamlari ko‘rsatiladi. Reklamalarda ko‘pincha stavkaning yuqori chegarasi ko‘rsatiladi, aniq stavka esa ariza ko‘rib chiqilgandan keyin bank tomonidan belgilanadi.


Bank sizga kreditni qaysi stavkada berishi mumkinligini bilib oling. Ariza bo‘yicha javob 1 minutda keladi.