
Barcha maqolalar
Yangiliklar
P2P o‘tkazmalari tariflari yangilanadi
TBC Blog tahririyati
5 oktyabrdan TBC Bank Uzbekistan’da turli to‘lov tizimlariga tegishli kartalar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari tariflari o‘zgaradi. Bu Uzcard, Humo, Visa, MasterCard va boshqa kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalarga tegishli.
TBC Salom kartasi bo‘yicha ham ayrim shartlar o‘zgaradi. O‘tkazma limitlari, pul o‘tkazish yo‘nalishlari va boshqa operatsiyalar shartlari yangilanadi.
Barcha yangi tariflar va shartlarni maqolaga ilova qilingan faylda jamladik. Ularni shu yerda ko‘rib chiqish mumkin.
Yangi shartlar bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, TBC Bank Uzbekistan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. U 24 soat ishlaydi. Mutaxassislar savollaringizga javob berib, hammasini tushuntirib berishadi.
