
Bank bilan shartnomani to‘g‘ri o‘qing va pulingizni tejang
Katya Bulgakova
O‘zbekistonda bir kishi 15 mln so‘m kredit oldi. Lekin qo‘liga 13,6 mln so‘m tegdi. Boshqa kishi do‘stining kreditiga kafil bo‘ldi. Bir yil o‘tdi, do‘sti kreditni to‘lamadi va kafilning hisobidan hamma pul yechib olindi*. Ikkala holatda ham barcha shartlar shartnomada ko‘rsatilgandi. Odamlar shartnomaga qo‘l qo‘yishdi. Lekin, amalda shartlar qanday ishlashini tushunishmadi. Bank shartnomasiga qo‘l qo‘yishdan oldin tekshirish kerak bo‘lgan joylarni ko‘rib chiqamiz. Shunda xarajatlaringiz va nima uchun javobgar bo‘lishingizni bilib olasiz.
*Maqoladagi vaziyatlar va summalar misol ko‘rinishida berilgan. Bu, kredit olish yoki kredit shartnomasini tuzish uchun taklif emas.
Ortiqcha xarajatlar shartnomaning qayerida joylashgan?
Ko‘pincha kredit shartnomasidagi muammolar foiz sabab emas, qo‘shimcha shartlar tufayli bo‘ladi. Odamlar ularga e’ibor bermay o‘tkazib yuborishadi. Amalda esa aynan ular kreditni qimmatroq qiladi.
Komissiyalar va pullik xizmatlar. Shartnomada xizmat ko‘rsatish, SMS-xabarnomalar, pul o‘tkazmalari yoki kreditni muddatidan oldin yopish uchun komissiyalar ko‘rsatiladi. Qanday to‘lovlar borligini va ularning summasini tekshiring. Bo‘lmasam bir oydan keyin hisobdan yechilgan summani ko‘rib, hayron bo‘lasiz.
Jarimalar. Shartnomada kechiktirilgan to‘lovlar uchun jarimalar yoziladi. Bir kunga kechikish qo‘shimcha xarajatlarga olib kelishi mumkin. Bu, jarima, qarzdan foiz yoki ikkalasi ham degani.
Bankning avtomatik pul yechib olish huquqi. Kredit shartnomasida bankga kerakli kunda to‘lovni avtomatik yechib olishga ruxsat berilgan band bo‘lishi mumkin. Pul shu bankdagi hisobingizdan tashqari, ilovaga ulangan boshqa bank kartalaridan ham yechib olinadi. Yana komissiya olinishi mumkin, shu sabab oldindan shartlarni bilib oling.
Bundan tashqari bank to‘lov kuni sizni ogohlantirmasdan kerakli pulni yechib olishi mumkin. Shuning uchun oylik xarajatlarni oldindan rejalashtirish kerak.
Xarajatlarni oldindan bilish uchun ayrim banklar shartnomaga qo‘l qo‘yishdan oldin oylik to‘lovni hisoblab berishlari mumkin. Masalan, TBC Bank ilovasida har oy qancha pul ajratish kerakligini oldindan ko‘rish mumkin.
Kredit sug‘urtasi
Kredit olayotganda bank sug‘urtalashni taklif qilishi mumkin. Bu alohida xizmat. Kutilmagan holatlarda kredit olgan odam va uning yaqinlariga himoya beradi. Masalan, kredit to‘lanayotgan paytda sug‘urta holati yuz bersa, hayot sug‘urtasi oilaga moliyaviy omondan yordam berishi mumkin.
TBC Bank’da bunday sug‘urtani TBC Sugurta qiladi. Bank esa agent sifatida polisni olishga yordam beradi. TBC Sugurta’da hayot sug‘urtasi narxi qarz summasining 6% teng.
Sug‘urta puli kredit summasiga qo‘shiladi yoki alohida to‘lanadi. Shuning uchun qo‘lga olinadigan pul kredit summasidan kamroq bo‘lishi mumkin. Kredit olishdan oldin sug‘urta narxi, nimalarni qoplashi va kerak bo‘lganda qanday foydalanishni bilib olish kerak.
Bank shartnomasidagi muhim joylar
Banklar mijozlarga shartnomani qulay ko‘rinishda, mobil ilova, sayt yoki bankda berishlari kerak. Masalan, TBC Bank’da barcha hujjatlar ilovada yoki saytda bor. Ariza topshirishdan oldin shartlarni yaxshilab o‘rganib qaror qabul qilish kerak.
Shartnoma shartlarini tushunishga yordam beradigan bir nechta maslahat.
Qo‘l qo‘yishga shoshilmang. Kredit shartnomasiga qo‘l qo‘yishga shoshilmang. “Darhol” qo‘l qo‘yish shart emas, lekin arizaning yaroqlik muddati bo‘lishi mumkinligini esda turish kerak. Masalan, TBC Bank’da ariza bo‘yicha qarorning yaroqlik muddati 10 kun. Agar shu vaqt ichida kredit olinmasa, arizani boshqatdan topshirish kerak.
Shartnomani to‘liq o‘qib chiqing, faqat summa va foizni emas. Ko‘pincha birinchi bo‘lib kredit summasi, vaqti va foiziga qaraladi. Qo‘l qo‘yishdan oldin shartnomani ko‘rib chiqish kerak. To‘lovlar qanday qilinishi, komissiya, qachon jarima belgilanadi, pulni avtomatik qanday yechib olish va qo‘shimcha ulanadigan xizmatlar haqida bilish muhim.
Tushunarsiz joylarni belgilang. Shartnoma elektron shaklda bo‘lsa, savollarni yozib oling. Qog’ozda bo‘lsa tagiga chizib, tushunarsiz joylarni belgilang. Shartnomaga qo‘l qo‘yishdan oldin bank xodimi hammasini tushuntirishi kerak.
Haqiqiy to‘lovlar bo‘yicha ma’lumot so‘rang. Qo‘l qo‘yishdan oldin oylik to‘lov summasi va jami kreditga qancha pul ketishini oldindan bilgan yaxshi. Ba’zi banklar bu xizmatni shartnoma tuzmasdan oldin taqdim etishadi. Masalan TBC Bank ilovasida oylik to‘lov summasini ko‘rib, byudjetingizga mos kelish kelmasligini ko‘rish mumkin.
Qisqacha: shartnomaga qo‘l qo‘yishdan oldin nimaga e’tibor berish kerak
Komissiyalar va pullik xizmatlar. Asosiy to‘lovdan tashqari bank yana nima uchun va necha marta pul yechishini tekshiring.
Sug’urtalar va qo‘shimcha shartlar. Ular shartnomaga kiritilganligini, narxini va ularni bekor qilish mumkinligini aniqlang.
Kechiktirilgan to‘lov uchun jarimalar. To‘lov biroz kechiksa ham qanday jarimalar borligini tekshiring.
Oylik to‘lov va umumiy to‘lanadigan summa. Har oyda va butun kredit muddati davomida qancha pul to‘lashingizni oldindan hisoblang.
Shartnoma tuzilgandan keyin kredit tugaguncha nusxasini o‘zingizda saqlab qo‘ying. To‘lov yoki shartlar bo‘yicha savollar paydo bo‘lganda tayanish uchun muhim hujjat bo‘ladi.
