
Qarz yuki nima va u kredit summasiga qanday ta’sir qiladi?
Katya Bulgakova
Siz kreditlarni vaqtida to‘laysiz, daromadingiz barqaror, ammo bank yangi kreditni rad etyapti. Bunga kredit yoki qarz yuki sabab bo‘lishi mumkin. Bu barcha oylik kredit to‘lovlarining yig‘indisi — ipoteka, avtokredit va boshqa qarzlarni so‘ndirish uchun har oy qancha xarajat qilishingizdir. Banklar yana bitta kredit daromadingizning juda katta qismini olib qo‘yishi va muammoga aylanishi xavfi bor-yo‘qligini tekshiradi.
Qarz yuki qanday hisoblanadi
Kredit berishdan oldin bank turli qarzlar bo‘yicha qancha to‘layotganingizni ko‘rib chiqadi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar va ta’lim kreditlaridan tashqari barcha amaldagi kreditlar va mikroqarzlar;
siz birgalikda qarz oluvchi yoki kafil bo‘lgan boshqa odamlarning kreditlari va mikroqarzlari — agar do‘stingiz yoki qarindoshingiz to‘lovni kechiktirsa, bank qarzni sizdan undirishiga to‘g‘ri keladi;
kredit kartasi yoki overdraft limitining 8 foizi — to‘lovlar uchun pul yetarli bo‘lmaganda bank tomonidan beriladigan qo‘shimcha kredit limiti shunday ataladi;
- muddati o‘tgan to‘lovlar bo‘yicha jarimalar va penyalar.
Muhim: muddatli to‘lov bular qatoriga kirmaydi. Shuning uchun yangi kredit va muddatli to‘lovni bir vaqtning o‘zida to‘lashga imkoniyatingiz bor yoki yo‘qligini o‘zingiz baholashingiz kerak.
Shundan so‘ng bank daromadning necha foizi kreditni so‘ndirishga sarflayotganini ko‘rib chiqadi. Masalan, agar daromadingiz 6 mln so‘m bo‘lsa va kreditlar bo‘yicha 3 mln to‘lasangiz, qarzlar uchun daromadning yarmi — 50% ketadi.
Agar daromadingiz 9 mln so‘m bo‘lsa va kreditlarni uzishga o‘sha 3 mln so‘mni sarflasangiz, qarzlar uchun daromadning uchdan bir qismi — taxminan 30% ketadi. Qarz yuki degani mana shu — birinchi holatda u ikkinchisiga qaraganda yuqoriroq.
Qarz yukini hisoblashda bank qanday daromadni inobatga oladi
Kredit yukini hisoblash uchun bank sizning oylik daromadingiz qancha ekanligini o‘rganadi. Bunga quyidagilar kiradi:
- rasmiy ish haqi;
pensiya to‘lovlari;
jamg‘arib boriladigan pensiya badallari;
bank hisobvaraqlariga muntazam tushumlar;
ko‘chmas mulk ijarasidan olinadigan daromadlar;
- omonatlar bo‘yicha foizlar va dividendlar.
Bank doimiy daromad manbai bor-yo‘qligiga qarab, 6-12 oylik o‘rtacha daromadni hisoblab chiqadi. Agar kredit birgalikda qarz oluvchi bilan rasmiylashtirilsa, uning daromadi ham qo‘shiladi.
Qanday qarz yuki xavfsiz sanaladi
Banklar odatda quyidagicha hisoblaydi:
30% gacha — qulay kredit yuki;
30-50% — ruxsat etilgan, ammo ehtiyotkorlikni talab qiladigan;
50% dan yuqori — yuqori yuklama.
O‘zbekistonda jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi odatda daromadning 50% dan oshmasligi kerak. Oddiy qilib aytganda, agar 6 mln so‘m maosh olsangiz, barcha kreditlar birgalikda oyiga 3 mln so‘mdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ba’zan limit 100% gacha oshirilishi mumkin, masalan, tasdiqlangan barqaror daromadga ega bo‘lganlar uchun.
Nima uchun qarz yuki yuqori bo‘lganda bank kredit berishni rad etadia
Agar to‘lovlarga daromadning yarmidan ko‘pi ketsa, insonda moliyaviy yostiqcha deyarli qolmaydi. Har qanday kutilmagan vaziyat — kasallik, oylik kechikishi, narxlar oshishi — to‘lovlarning kechikishiga olib kelishi mumkin.
Garchi bank rasman kredit berishga tayyor bo‘lsa ham, yuqori yuklama hayot sifatini pasaytiradi va eski qarzni to‘lash uchun yangisini olib - "qarz botqog‘iga"ga tushib qolish xavfini oshiradi. Shuning uchun bunday amaliyot bank mijozi uchun ham manfaatli emas.
Sizga qancha kredit summasi ma’qullanishini qanday bilish mumkin
Sizga qancha kredit miqdori ma’qullanishi mumkinligini TBC UZ ilovasida ko‘rishingiz mumkin. Ariza topshirib, bir daqiqa ichida javobini oling*
*so‘nggi 300 000 foydalanuvchi orasida kredit bo‘yicha qaror qabul qilishning o‘rtacha vaqti. Aniq vaqt sizning kredit tarixingizga bog‘liq bo‘lib, bir daqiqadan ko‘proq yoki kamroq vaqt olishi mumkin. Ustama 28-49%, muddat 3-36 oy, summa 300 ming - 100 mln so‘m. To‘liq shartlar: go.tbcbank.uz/rukreditinfo
Kreditlar
kredit olish jarayoni qanday ishlashini tushuntiramiz hamda xatoga yo‘l qo‘ymaslik va oqilona qarz olishga ko‘maklashamiz



