Barcha maqolalar
Kreditlar

Imtiyozli davr nima va u qanday ishlaydi?

Nataly Fein

 

Imtiyozli davr — bu oddiy qoidalarga amal qilgan holda kredit kartadan foizlarsiz foydalanish imkoniyatidir. TBC Osmon kredit kartasi misolida imtiyozli davr aslida qanday ishlashi, qachon foizlar hisoblanishi va qarzni o‘z vaqtida qaytara olmasangiz nima qilish kerakligini ko‘rib chiqamiz.

Imtiyozli davr nima?

Foizsiz muddat, shuningdek, imtiyozli davr deb ham ataladi, bu muddat ichida siz bank mablag’laridan foiz to‘lamasdan foydalanasiz. Agar siz ushbu muddat tugashidan oldin ishlatilgan mablag’ni qaytarsangiz, foizlar umuman hisoblanmaydi.


Imtiyozli davrning davomiyligi bankka va muayyan karta turiga bog‘liq. TBC Osmon kredit kartasi uchun bu muddat 55 kun — bu davrda bank xaridlar yoki to‘lovlar uchun foiz undirmaydi.


Ishlatilgan summa qaytarilishi kerak bo‘lgan aniq sana bank ilovasida oldindan ko‘rsatiladi. Kunlarni mustaqil ravishda hisoblab yurishga hojat yo‘q

Karta bo‘yicha foizlar qachon hisoblana boshlaydi?

Kredit kartasi bo‘yicha imtiyozli davr ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, ayrim hollarda foizlar hisoblanishi mumkin — bu karta shartlariga va siz amalga oshiradigan operatsiyalar turiga bog‘liq. Turli banklarda ushbu shartlar farq qilishi mumkin.


TBC Osmon kredit kartasida foizlar hisoblanadigan ikkita asosiy holat mavjud:


O‘tkazmalar va naqd pul yechishda. TBC Osmon kredit kartasi bo‘yicha imtiyozli davr faqat xaridlar va to‘lovlar uchun amal qiladi. Naqd pul yechish va boshqa kartalarga pul o‘tkazish operatsiyalari amalga oshirilganda, foizlar imtiyozli davrsiz, ya’ni darhol hisoblanadi.


Masalan, siz kartadan 6 million so‘m sarfladingiz: shundan 5 million so‘mni — xaridlar va to‘lovlar uchun, 1 million so‘mni esa — do‘stingizga o‘tkazdingiz. Bu holatda bank 5 million so‘m uchun foiz hisoblamaydi, ammo o‘tkazilgan 1 million so‘mdan foiz undiradi.


Foizsiz davr yakunlangunga qadar qarzdorlik yopilmasa. Agar foizsiz muddat tugagunga qadar barcha qilgan xaridlaringiz va to‘lovlaringizni uchun qarzdorlik yopilmasa, bank qolgan qarzdorlik summasi uchun foizlarni hisoblashni boshlaydi.


Bunda, foizlar kartaning butun limitiga emas, balki sarflagan va qaytarishga ulgurmagan summaning o‘zigagina hisoblanadi.

 

Masalan, imtiyozli davr shartini saqlab qolish uchun siz 5 mln so‘m qaytarishingiz kerak edi, biroq siz faqat 4 mln so‘m qaytardingiz. Bunday holda, qolgan summaning qoldig‘iga nisbatan imtiyozli davr o‘z kuchini yo‘qotadi va bank ushbu summaga foiz hisoblashni boshlaydi.

Agar foizsiz muddatda qarzdorlikni to‘liq so‘ndira olmasangiz nima bo‘ladi?

Agar foizsiz davr oxirigacha qarzdorlikni to‘liq so‘ndira olmasangiz, bu darhol jarimalar yozilishi yoki kredit bo‘yicha kechikishni anglatmaydi.


Bunday vaziyatda kredit karta bo‘yicha minimal to‘lov miqdori belgilanadi — bu qarzning belgilangan muddatda to‘lanishi lozim bo‘lgan kichik bir qismidir. Agar minimal to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilsa, jarima va penya qo‘llanilmaydi, kredit tarixi esa zarar ko‘rmaydi.


Minimal to‘lov foizsiz muddatni qaytarmaydi, biroq kartadan foydalanishda davom etish imkonini beradi. Bunday holda foizlar qarzning qolgan qismiga hisoblanadi.

Qisqacha: Kredit kartadagi imtiyozli davr haqida bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar

Siz imtiyozli davrda foiz to‘lamaysiz. U amal qilayotgan vaqtda va siz xaridlar hamda to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni o‘z vaqtida so‘ndirsangiz, bank foiz hisoblamaydi.


Imtiyozli davrni saqlab qolish uchun to‘lov sanasigacha xaridlar bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq yopish lozim. Bu holda, foizlar hisoblanmaydi.


To‘liq summani qaytarmaslik qoidabuzarlik hisoblanmaydi. Faqat foizsiz davr yakunlanadi va minimal to‘lov miqdori shakllanadi. Agar minimal to‘lovni vaqtida amalga oshirsangiz, jarimalar va kechikishlar bo‘lmaydi, kartadan esa odatdagidek foydalanishda davom etishingiz mumkin.


Foizlar faqat qarzning qolgan summasiga hisoblanadi. Bank foizlarni faqat amalda sarflangan summaga hisoblaydi, kartaning butun limitiga emas. Masalan, agar sizning karta limiti 20 million so‘m bo‘lsa, lekin siz atigi 7 million sarflagan bo‘lsangiz, foizlar faqat shu 7 million so‘mga hisoblanadi.

*foiz stavkasi har bir mijoz uchun alohida belgilanadi: yillik 0% dan 50% gacha bo‘lishi mumkin. Eng katta summa — 50 mln so‘m. Imtiyozli davr naqd yechish va unga tenglashtirilgan amaliyotlar uchun amal qilmaydi. Naqd yechish uchun komissiya — 3%, lekin kamida 90 ming so‘m bo‘ladi.

Kreditlar

kredit olish jarayoni qanday ishlashini tushuntiramiz hamda xatoga yo‘l qo‘ymaslik va oqilona qarz olishga ko‘maklashamiz

Barcha maqolalarni ko‘rsatish