
YTT uchun biznes kartadan qanday foydalanish mumkin

Olga Mokshina
Hisobraqam orqali rekvizitlar bo‘yicha pul o‘tkazish va to‘lovlar qilish qulay. Ammo kundalik xarajatlar uchun bu har doim ham oson emas. Har safar pulni shaxsiy kartaga o‘tkazmaslik uchun biznes karta ochish mumkin. TBC Biznesdagi hisobraqamdan unga pulni bepul o‘tkazish, korxona xarajatlarini to‘lash va naqd pul yechish mumkin. Biznes karta qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz.
Biznes karta o‘zi nima
Biznes karta — yakka tartibdagi tadbirkor o‘z biznesi bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun ishlatadigan bank kartasi. Mijozlardan kelgan pul hisobraqamda saqlanadi. Xarajatlar uchun kerakli summani biznes kartaga o‘tkazib, undan naqd pul yechish, mahsulotlar va xizmatlar uchun to‘lov qilish mumkin.
TBC Biznesdagi hisobraqamdan biznes kartaga pulni istalgan vaqtda bepul o‘tkazsa bo‘ladi.
TBC Biznesda yakka tartibdagi tadbirkor o‘z nomiga Visa Platinum Business kartasini ochadi. Kartani chiqarish va unga xizmat ko‘rsatish bepul.
Biznes karta nima uchun kerakф
Biznes karta yakka tartibdagi tadbirkorning kundalik moliyaviy vazifalarini hal qilishga yordam beradi.
Biznes bilan bog‘liq kundalik xarajatlarni to‘laysiz. Bunga kerakli materiallar, yoqilg‘i, soliqlar, kommunal xizmatlar yoki marketpleyslardagi xaridlar kiradi. Buning uchun pulni avval shaxsiy kartaga o‘tkazish shart emas. Kerakli summani hisobraqamdan biznes kartaga o‘tkazib, xarajatlarni to‘lash mumkin.
Shaxsiy va biznes xarajatlarini ajratasiz. Ish bilan bog‘liq xaridlar biznes karta orqali to‘lansa, biznesga qancha pul sarflayotganini bilish va kerakli operatsiyani to‘lovlar tarixidan topish osonroq bo‘ladi. To‘lov cheklari ilovada saqlanadi. Kerak bo‘lganda ularni tez yuklab olish mumkin.
Biznes xizmatlari uchun to‘laysiz. Biznes kartani reklama kabinetlari, bulutli xizmatlar va boshqa ish obunalariga biriktirib, to‘lovlarni to‘g‘ri kartadan qilsa bo‘ladi.
Bankka bormasdan naqd pul yechasiz. Hisobraqamdan pulni biznes kartaga o‘tkazib, O‘zbekiston hududidagi bankomatlardan naqdlashtirish mumkin. Kunlik limit — 100 mln so‘m, oylik limit esa 400 mln so‘m.
Chet elda foydalanasiz. Biznes kartani safarlarda ham ishlatsa bo‘ladi. Masalan, xizmat safari davomida mahsulotlar, mehmonxona va boshqa biznes xarajatlari uchun to‘lov qilish mumkin.
Visa imtiyozlaridan foydalanasiz. Biznes karta Visa Platinum Business asosida chiqariladi va uning egalari to‘lov tizimining maxsus takliflaridan foydalanadi. Bunga biznes xizmatlariga chegirmalar va safarlar uchun xalqaro sug‘urta rasmiylashtirish imkoniyati kiradi.
Biznes karta biznesning kundalik xarajatlarini to‘lash uchun qulay. Ammo undan hamma turdagi operatsiyalar uchun foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, boshqa odamlarga pul o‘tkazish, bankomat orqali kartaga pul kiritish va valyuta ayirboshlash imkoni yo‘q.
TBC Biznesda biznes kartani qanday olish mumkin
TBC Biznesda hisobraqamingiz bo‘lsa, biznes kartaga ilova yoki internet-banking orqali onlayn buyurtma berishingiz mumkin. Kartani chiqarish va unga xizmat ko‘rsatish bepul.
Hisobraqam hali bo‘lmasa, avval uni oching, keyin biznes karta uchun ariza yuboring. Bularning barchasini bir necha daqiqada onlayn bajarish mumkin.
Ariza topshirganingizdan keyin bank vakili kartani siz ko‘rsatgan manzilga yetkazib beradi.