Barcha maqolalar
Biznes

Do‘kon foydasini kamaytiradigan va sezilmaydigan 5 ta muammo

Alisa Granova

 

Katta tushum har doim ham do‘kon yaxshi ishlayapti degani emas. Uzoq vaqt sotilmayotgan mahsulotlar, kassadagi xatolar, sotuvchilarning samarasiz ishi yoki mijozlar bazasi sabab daromad kamayishi mumkin. Foydani kamaytirayotgan 5 ta muammoni tahlil qilamiz va ularni BILLZ avtomatlashtirish xizmati orqali qanday nazorat qilishni tushuntiramiz.

1-muammo: do‘konda mahsulot bor, lekin do‘kon egasi uni ko‘rmaydi

Ombordagi har bir mahsulot — bu sarflagan pul. Bu pul esa hali sotuv orqali qaytmagan bo‘ladi. Modellarning rangi, o‘lchami va ularga bo‘lgan talab o‘rganilmasa, yaxshi sotilmaydigan mahsulotlar qayta-qayta sotib olinaveradi. Eng ko‘p sotilayotgan mahsulotlar esa tugab qoladi.


Masalan, do‘konda “baggy” jinsi shimlari yaxshi sotilayapti. Lekin aniq hisob-kitob qilinmasa, odamlar faqat 2-3 ta o‘lchamni sotib olayotganini, qolgan o‘lchamlar esa omborda sotilmasdan yotganini bilmay qolish mumkin. 


Bunday qoldiqlar omborda joy egallaydi. Yaxshi sotilayotganlarga tikish mumkin bo‘lgan pulni ushlab turadi. Vaqt o‘tishi bilan bularni chegirma bilan sotishga, keyingi mavsumga qoldirishga yoki hisobdan chiqarishga to‘g‘ri keladi. 


Yana bir muammo bor. Hisobdagi ma’lumotlar ombor va savdo zalida amalda turgan mahsulotlarga mos kelmasligi mumkin. Masalan, tizimda beshta futbolka ko‘rinib turadi, tekshirganda esa to‘rttasi chiqadi. Bunga mashulotni qabul qilish, kassadagi savdo yoki hisobdan o‘chirishdagi adashishlar sabab bo‘ladi. Bunday tafovutlar ko‘payib ketsa, do‘kon egasi aslida qancha mahsulot borligini va yangilarini qachon olish kerakligini tushunmay qoladi. 


BILLZ qanday yordam beradi. Tizim har bir mahsulotning modeli, rangi va o‘lchami bo‘yicha aniq qoldiq va sotuvlarini ko‘rsatadi. Mahsulotning holati va hisobdan chiqarilishini ham kuzatish mumkin. Hisobdagi farqlar vaqtida topiladi, qolib ketgan mahsulotlar aniqlanadi va yangi buyurtmalar to‘g‘ri rejalashtiriladi.

BILLZ’da qoldiqlar yangilanib turadi. Qulay filtrlar, hisobdan chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha alohida hisobotlar va boshqa foydali ma’lumotlar bir joyda yig‘ilgan.

2-muammo: kassadagi xatoliklar

Pulning ma’lum qismini mahsulot sotilayotgan paytning o‘zidayoq yo‘qotish mumkin. Sotuvchi boshqa mahsulotni sotishi, eski narxni kiritishi, ortiqcha chegirma berishi yoki to‘lov turini adashtirishi mumkin. Bitta xato unchalik bilinmasligi mumkin, lekin savdo ko‘paygani sari bu yo‘qotishlar kattalashadi.

 

Masalan, do‘konda haftaning oxirigacha ayrim mahsulotlarga 20 foizlik chegirma berilgan. Sotuvchi aksiya tugaganidan keyin ham chegirma bilan ishlasa, do‘kon tushumning bir qismini yo‘qotadi. Yoki aksincha, amaldagi chegirmani hisoblamasa, xaridor norozi bo‘ladi. 


Xuddi shunday holat mahsulot qaytganda, chek bekor qilinganda yoki narx qo‘lda o‘zgartirilganda ham bo‘ladi. Bu nazorat qilinmasa, do‘kon egasi to‘g‘ri ish jarayoni, xatolik yoki xodimning o‘zboshimchaligini ajratolmay qoladi. 


BILLZ qanday yordam beradi. BILLZ kassa va ombor hisobini birlashtiradi. Narxlar va aksiyalar bir joyda turadi. Har bir savdo ham hisobotda ko‘rinadi.

Do‘kon egasi kunlik smena natijalarini qarab chiqadi. Kim qancha chegirma qilgani yoki qaysi mashulot qaytganini ko‘rib, xatoliklarni vaqtida aniqlaydi.

3-muammo: qaysi sotuvchi yaxshiroq ishlayotgani bilish qiyin

Kassadagi umumiy pul qaysi xodim qanday ishlaganini bildirmaydi. Biri xaridor bilan ishlab, ko‘proq mashulot sotishi, ikkinchisi esa faqat tayyor savdoni kassaga urishi mumkin. Smena oxirida ikkalasi ham ishlagan bo‘ladi, lekin natijasi har xil ko‘rinadi. 


Ikkita sotuvchida cheklarning soni bir xil bo‘lishi mumkin. Lekin ularning o‘rtacha cheki har xil chiqadi. Biri ko‘proq mahsulot taklif qiladi va bittada ikki-uchta mahsulot sotadi. Boshqasi esa bittadan ortiq sotmaydi. Umumiy tushumga qarab bu farqni sezish qiyin.


Sotuvchilarni tushum, sotuvlar soni, o‘rtacha chek summasi, bitta chekdagi mahsulotlar soni, qaytarilgan mahsulotlar va berilgan chegirmalar orqali baholash mumkin. Faqat ularni teng solishtirish kerak. Ish kunidagi ertalabki smena bilan dam olish kunidagi kechki smenada xaridorlar oqimi har xil bo‘ladi. 


BILLZ qanday yordam beradi. Tizimda sotuvchi qancha savdo qilgani va nechta mijozga xizmat ko‘rsatgani ko‘rinadi.

Tizimda sotuvchilarni solishtirish va ularga vazifa berish mumkin. Qaysi birini ishga o‘rgatish kerakligini ham bilish oson.

4-muammo: mijozlarning qaytmasligi

Mijoz mahsulotni olgandan keyin do‘kon uning keyingi xaridlarini kuzata olmaydi. Mijozlar bazasi yig‘ilmasa, biznes xaridorning xaridlar tarixini ko‘rmaydi. Kim qaytib kelayotganini, kim anchadan beri kelmaganini ham bilmaydi. Har bir mijozga uning qiziqishiga mos taklif yuborish qiyinlashadi. 


Mijozlar bazasi faqat ism va telefon raqamlari ro‘yxati emas. U yerda xaridorning nimalar olgani, qancha pul sarflagani, oxirgi marta qachon xarid qilgani va unga aynan nimalar yoqishini saqlash mumkin. Bu esa odamlarga nima kerakligini aniqroq bilishga yordam beradi. 


Masalan, mijoz doim bitta brend kiyimlarini tanlaydi. Xaridlar tarixi bo‘lmasa, do‘kon buni sezmaydi. Hamma qatori unga ham umumiy xabarlarni yuboraveradi. Unga esa aynan o‘zi qiziqqan toifadagi yangi kolleksiyani taklif qilish mumkin. 
Mijozlar ro‘yxatini xaridlar tarixi, o‘rtacha xarid summasi va oxirgi kelgan vaqtiga qarab guruhlash mumkin. Masalan, har doim keladiganlarga chegirmadan birinchilardan foydalanish imkonini berish, ancha vaqtdan beri kirmay qo‘yganlarga alohida taklif yuborib, do‘konni eslatish mumkin. 


BILLZ qanday yordam beradi. Tizimda mijozlarning ma’lumotlari va xaridlar tarixini saqlash, xaridorlarni guruhlarga ajratish, sodiqlik dasturlarini ulash va SMS yoki Telegram orqali shaxsiy takliflar yuborish mumkin.

BILLZ’da do‘kon egasi doimiy mijozlarni va ularning xaridlar tarixini ko‘rishi va ular uchun shaxsiy takliflar tayyorlashi mumkin.

5-muammo: tushum bor, lekin baribir pul yetishmaydi

Hatto foyda bilan ishlayotgan do‘konda ham kundalik mahsulotlar uchun pul yetishmasligi mumkin. Buning sababi oldindagi xarajatlarni hisobga olmaslik. 


Masalan, do‘kon mavsumiy mahsulotlarni yaxshi sotib, katta foyda ko‘rdi. Do‘kon egasi biznes foyda keltirdi deb, pulning bir qismini boshqa ehtiyojlarga ishlatib yubordi. Bir haftadan keyin yangi mahsulotning pulini berish va xodimlarga oylik berish vaqti kelganda hisobda pul qolmagan bo‘ladi. Shunda kassa uzilishi kelib chiqadi. 


Do‘konda aslida nima bo‘layotganini bilish uchun tushum, mahsulotning tannarxi, yetkazib beruvchilarga beriladigan pul va qolgan xarajatlarni alohida hisoblash kerak. Shunda hamma to‘lovlardan keyin biznesda qancha pul qolishi aniq ko‘rinadi. 


BILLZ qanday yordam beradi. Mahsulotlar, sotuvlar, kassa va xarajatlar haqidagi ma’lumotlar bitta tizimda to‘planadi va hisobotlarga tushadi.

Umumiy hisobot pul qayerdan kelib, qayerga ketayotganini ko‘rsatadi. Do‘kon nimadani daromad ko‘rayotgani, qayerda ortiqcha xarajatlar chiqayotganini aniq tushunishga yordam beradi.

Do‘kon egasi nimalarni tekshirishi kerak: chek-list

  •  

  •  

  •  

  •  

  •  

BILLZ do‘konni boshqarishga yordam beradi

BILLZ do‘kon hisobini yuritish uchun oddiy va qulay dastur. Unda mahsulotlar va sotuvlarni hisobga olish, inventarizatsiya o‘tkazish, mijozlar bazasi bilan ishlash va sotuvchilar ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uchun kerakli vositalar bor. Asosiy ma’lumotlar bitta tizimda jamlanadi. Do‘kon egasi muammolarni tezroq payqaydi. Qarorlarni ham o‘z kuzatuvlariga qarab emas, raqamlar bilan asoslay oladi.


BILLZ TBC Biznes ekotizimiga kiradi. Tadbirkor do‘konning operatsion jarayonlarini BILLZ orqali, bank xizmatlarini esa TBC Biznes orqali boshqarishi mumkin. 


BILLZ’ni bepul sinab ko‘ring. 7 kunlik demo kirish huquqini oling.