
Yulduzlarni to‘plang va sovg‘alarga almashtiring!
Yulduzlarni yig‘ing — sovrin sizniki bo‘ladi
Gadjetlar, vaucherlar va boshqa bonuslar
TBC Stars nima?
TBC Stars — TBC Bank sodiqlik dasturi. Unda foydalanuvchilar TBC Bank Uzbekistan ilovasida vazifalarni bajarishadi va yulduzlar olishadi. Yig‘ilgan yulduzlarni kafe va onlayn xizmatlar uchun vaucherlar va promokodlar, hamda texnikaga almashtirsa bo‘ladi
Yulduzlar qanday olinadi
Viktorinalarda qatnashing
Film, musiqa va boshqa mavzudagi savollarga to‘g‘ri javob bering
Qadamlarni yulduzlarga aylantiring
TBC Bank Uzbekistan ilovasiga qadam o‘lchashga ruxsat bering va yulduzlar ishlang: 1 qadam = 1 yulduz
Shaq-Shaq va TBC Colors o‘yinlarini o‘ynang
Shaq-shaq har shanba payme’da o‘tkaziladi. TBC Colors’ni esa TBC Bank Uzbekistan ilovasida istalgan paytda o‘ynasangiz bo‘ladi
Pulingizni boshqaring
Xarajatlaringizni toifalarga bo‘ling va 100 000 yulduz oling. Boshqa vazifalarni ham bajarib, yanada ko‘proq yulduz ishlang
Hoziroq yulduzlarni yig‘ishni boshlang
iOS va Android uchun TBC Bank Uzbekistan ilovasini yuklab oling
iOS va Android uchun ilovani yuklab olish
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Bu — TBC Bankning sodiqlik dasturi. Siz ilovada vazifalarni bajarasiz, buning uchun yulduzlar olasiz va ularni mukofotlarga almashtirasiz.
Yulduzlarni kafe, restoran va onlayn xizmatlar uchun vaucher hamda promokodlarga, shuningdek, qimmatbaho sovg‘alarga almashtirsangiz bo‘ladi. Sovrinlar ro‘yxati doim yangilanadi — amaldagi takliflarni TBC Bank Uzbekistan ilovasining TBC Stars bo‘limida ko‘ra olasiz.
TBC Bank Uzbekistan ilovasining asosiy ekranida “Barcha xizmatlar” knopkasini bosing, sahifani pastga aylantiring va TBC Stars’ni tanlang. U yerda yulduzlaringiz balansi, vazifalar va mukofotlarni ko‘rasiz
TBC Bank Uzbekistan ilovasidagi vazifalarni bajaring. Amaldagi vazifalarni ko‘rish uchun TBC Stars → “Vazifalar” bo‘limiga o‘ting. U yerda hamma topshiriqlar va ular uchun beriladigan yulduzlar sonini ko‘rasiz.
TBC Stars → “Tanlash uchun mukofotlar” bo‘limiga kiring, mukofotni tanlang va “Almashtirish” knopkasini bosing. Promokod yoki vaucherni olishingiz bilan ishlatsangiz bo‘ladi. Agar yulduzlarni texnikaga almashtirgan bo‘lsangiz, mukofotni berish tafsilotlariga aniqlik kiritish uchun siz bilan bog‘lanamiz.


