Xalqaro o‘tkazmalar

TBC Bank Uzbekistan ilovasida xalqaro o‘tkazmalar

  • Tun-u kun qabul qilasiz

    Bayramlar va dam olish kunlarida ham ishlaymiz

  • Birdan almashtirasiz

    TBC Bankning amaldagi kursidan foydalanamiz

  • Valyutani tanlaysiz

    Humo va Uzcard’ga so‘m, Visa Virtual’ga dollarda o‘tadi

  • Bankka bormaysiz

    Pulni ilova orqali onlayn olasiz

Quyidagi servislar orqali xalqaro o‘tkazmalarni qabul qila olasiz

O‘tkazmani olish uchun

01

TBC Bank Uzbekistan ilovasini yuklab oling

Pastdagi QR kod orqali App Store yoki Google Play’da

02

TBC Bank kartasini oching

So‘m uchun Humo yoki dollar uchun Visa Virtual Gold

03

O‘tkazma kodini kiriting

“Xalqaro pul o‘tkazmalari” bo‘limida MoneyGram yoki Ria Money Transfer tizimini tanlab, jo‘natuvchidan olgan kodingizni kiriting

batafsil ma’lumot videoda
04

Pulni oling

Kerakli kartani tanlang — pul avtomatik o‘tkaziladi

O‘tkazmani olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Ko‘p beriladigan savollar

Hozirda xalqaro o‘tkazmani Ria Money Transfer, MoneyGram va Visa Direct servislari orqali qabul qila olasiz.

Agar xalqaro o‘tkazma MoneyGram, Ria Money Transfer yoki Visa Direct orqali yuborilgan bo‘lsa, uni TBC Bank Uzbekistan ilovasidagi kartaga o‘tkazib olishingiz mumkin.

Agar sizga MoneyGram yoki Ria Money Transfer orqali pul yuborilgan bo‘lsa, “O‘tkazmalar → Xalqaro o‘tkazmalar” bo‘limiga kiring, kerakli servisni tanlang, jo‘natuvchidan olingan kodni kiriting va pul o‘tadigan kartani belgilang. Pul avtomatik o‘tkaziladi.

Agar o‘tkazma Visa Direct orqali yuborilgan bo‘lsa, kod kiritish shart emas — pul birdan kartaga o‘tadi.

So‘mda — Humo yoki Uzcard kartalasiga o‘tkaziladi. Dollarda — Visa Virtual Gold kartasiga.

TBC Bankning amaldagi kursi bo‘yicha. Uni valyuta kurslari sahifasida ko‘rasiz.

Faqat o‘tkazma kodi kerak bo‘ladi. Uni TBC Bank Uzbekistan ilovasida kiriting va pulni qabul qilmoqchi bo‘lgan kartangizni tanlang.

Limitlar servis, jo‘natuvchi davlat va jo‘natuvchining qoidalariga bog‘liq. O‘tkazmani paytida jo‘natuvchi maksimal summani birdan ko‘radi.

Bu pul yuborilgan servisga bog‘liq. Odatda o‘tkazma bir necha daqiqada keladi. Biroq ba’zan bu 24 soatgacha vaqt olishi mumkin.

Ha, o‘tkazma holatini u yuborilgan servisda ko‘rish mumkin. O‘tkazmani qabul qilish imkoni paydo bo‘lishi bilan kartangizga pulni qabul qilib olasiz.

Komissiya servis, davlat va o‘tkazma summasiga bog‘liq. Jo‘natuvchi o‘tkazmani tasdiqlashdan oldin uning aniq narxini ko‘radi. Qabul qiluvchidan komissiya olinmaydi.

Uydan chiqmasdan, xorijdan pul o‘tkazmalarini qabul qiling

TBC Bank Uzbekistan ilovasini yuklab oling va o‘tkazmalarni birdan kartaga o‘tkazib oling

iOS va Android uchun ilovani yuklab olish

MoneyGram — pul o'tkazmalari tizimi

 

MoneyGram dunyodagi eng mashhur xalqaro pul o'tkazish tizimlaridan biri hisoblanadi. Uning yordamida turli mamlakatlar o'rtasida mablag' yuborish va qabul qilish mumkin. O'zbekiston aholisi uchun ushbu xizmat xorijdagi qarindoshlar, do'stlar va hamkorlardan pul olishning qulay vositasi bo'lib qolmoqda.

 

Bugungi kunda foydalanuvchilar ko'pincha moneygram uzbekistan, moneygram tashkent yoki moneygram qaysi bankda bor kabi so'rovlarni qidiradilar. Biroq TBC Bank mijozlari uchun pul olish maqsadida xizmat ko'rsatish ofislarini izlash shart emas. Mablag'larni to'g'ridan-to'g'ri bank ilovasi orqali qabul qilish mumkin.

 

Kartadan kartaga xalqaro pul o'tkazmasi

 

Zamonaviy moliyaviy xizmatlar xalqaro pul o'tkazmalarini yanada qulay qilmoqda. Endi mablag' oluvchi pul berish punktlariga borishi va hujjatlarni qo'lda to'ldirishi shart emas. Raqamli format mablag'larni tezroq qabul qilish, operatsiyalar tarixini kuzatish va ilova orqali mablag' harakatini nazorat qilish imkonini beradi. Shu sababli xorijdan kartaga pul o'tkazish xizmatlari foydalanuvchilar orasida tobora ommalashib bormoqda.

 

RIA Money Transfer: to'lov tizimi

 

RIA Money Transfer dunyoning ko'plab mamlakatlarida faoliyat yurituvchi yirik xalqaro to'lov tizimlaridan biridir. Foydalanuvchilar ko'pincha ria money transfer uzbekistan, ria money transfer tashkent yoki RIA orqali mablag'ni qayerdan olish mumkinligi haqida ma'lumot izlaydi. Mazkur xizmat jismoniy shaxslar o'rtasida tezkor pul yuborish uchun mo'ljallangan bo'lib, mablag'larni murakkab jarayonlarsiz qabul qilish imkonini beradi.

 

RIA Money Transfer mablag'larini qayerdan olish mumkin

 

Avvallari pul olish uchun hamkor xizmat nuqtalari yoki pul berish markazlarini izlash kerak bo'lardi. Bugungi kunda esa ayrim operatsiyalarni onlayn bajarish mumkin. TBC Bank mijozlari RIA orqali o'tkazmani TBC UZ ilovasi orqali bank bo'limiga bormasdan qabul qilishlari mumkin. Buning uchun o'tkazma raqamini kiritish va mablag' tushiriladigan kartani tanlash kifoya.

 

MoneyGram o'tkazmasini kartaga qanday olish mumkin

 

MoneyGram pul o'tkazmasini olish bo'yicha so'rovlar xalqaro pul o'tkazmalarini qabul qiluvchilar orasida eng ommabop qidiruvlardan biridir. TBC UZ orqali mablag' olish uchun:

  • "O'tkazmalar" bo'limiga kiring;
  • MoneyGram tizimini tanlang;
  • o'tkazma raqamini kiriting;
  • mablag' tushiriladigan kartani tanlang.

So'rov qayta ishlangandan so'ng mablag'lar mijoz kartasiga o'tkaziladi.

 

Xorijiy pul o'tkazmalarida xavfsizlik

 

Xalqaro pul o'tkazish tizimlari orqali mablag' qabul qilishda shaxsiy ma'lumotlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish muhim. O'tkazma raqamlarini uchinchi shaxslarga bermang va mablag'larni qabul qilish uchun faqat rasmiy xizmatlardan foydalaning. Zamonaviy banklar operatsiyalarni himoya qilish uchun qo'shimcha xavfsizlik mexanizmlaridan foydalanadi. Bu esa chet eldan pul o'tkazish va mablag'larni qabul qilish jarayonini yanada xavfsiz va qulay qiladi.

 

TBC Bank orqali pul o'tkazmalaridan foydalanishni boshlang

 

Agar sizga muntazam ravishda xorijdan mablag' yuborilsa, TBC Bank MoneyGram va Ria Money Transfer tizimlari orqali o'tkazmalarni to'liq onlayn qabul qilish imkonini beradi. Kassalarga borish, xizmat nuqtalarini qidirish yoki ortiqcha harakatlarni amalga oshirish talab qilinmaydi. TBC UZ ilovasida verifikatsiyadan o'tish, kerakli xalqaro transfer tizimini tanlash va mablag'larni kartaga qabul qilish kifoya.

 

Bu onlayn pul o'tkazish, chet eldan mablag' olish, kartaga xorijiy o'tkazma qabul qilish va zamonaviy raqamli pul o'tkazish xizmatlaridan foydalanishning eng qulay usullaridan biridir.