Ma’lumotlaringiz xavfsizligi
Firibgarlik holati haqida xabar berish
Vaziyatni o‘rganib chiqamiz va yordam berishga harakat qilamiz
TBC kartasini qanday bloklayman?
Sizni qisqa ko‘rsatmaga yo‘naltiramiz
Bank xavfsizlik xizmati bilan bog‘lanish
78 777 27 27 raqamiga telefon qiling
Biznes yoki yuridik shaxs nomidan murojaat qilish
Sizni korporativ yordam xizmati bilan bog‘laymiz
Ko'p beriladigan savollarga javoblar
Ikkita asosiy usul bor.
Telefon qo‘ng‘iroqlari.
Firibgar o‘zini bank xodimi yoki davlat tashkiloti vakili deb tanishtiradi va pul o‘tkazishni, to‘lov qilishni yoki SMS kodni aytishni so‘raydi.
Zararli dasturlar.
Firibgarlar messenjerlar orqali qarindoshlar, do‘stlar yoki davlat tashkilotlari nomidan yozib, foto, video, hisob-faktura yoki boshqa hujjat sifatida ko‘rinadigan fayl yuborishadi. Fayl ochilgach, ular telefondan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bu orqali SMS’larni o‘qishi, akkauntlarni o‘g‘irlashi va pulni o‘z hisobraqamlariga o‘tkazishi mumkin
Agar qo‘ng‘iroq shubhali tuyulsa, darhol suhbatni yakunlang. Hech qanday ma’lumotni aytmang va hech narsani tasdiqlamang. Keyin o‘sha tashkilotning rasmiy telefon raqamiga o‘zingiz qo‘ng‘iroq qilib, holatni aniqlashtiring.
Yo‘q. Banklar va davlat tashkilotlari xodimlari faqat rasmiy aloqa kanallaridan foydalanadi — telefon qo‘ng‘iroqlari, SMS xabarlar va rasmiy ilovalardagi xabarlar. Messenjerlardagi xabarlar, shaxsiy chatlar yoki ulardagi qo‘ng‘iroqlar — bu firibgarlikning aniq belgisi.
Agar o‘zingiz telefon qilolmasangiz, ishonchli odam yoki yaqin qarindoshingizdan 1150 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, holatni sizning o‘rningizga tushuntirib berishini so‘rang.
TBC Bank Uzbekistan ilovasiga kirib, TBC kartasini tanlang. «Boshqasi» bo‘limiga o‘ting va «Kartani bloklash» knopkasini bosing. Karta bloklangach, undagi hamma pul joriy hisobraqamingizga avtomatik o‘tkaziladi. Agar bu kredit karta bo‘lsa, uning balansi muzlatib qo‘yiladi.
- Darhol pul yechilayotgan hamma kartani bloklang.
- 1150 raqamiga telefon qilib, yordam xizmatiga vaziyat haqida xabar bering.
Shuningdek, pasport ma’lumotlaringizni va pul yechilgan kartalar raqamlarini tayyorlab
qo‘ying — bu tekshiruv jarayonini tezlashtiradi.
Quyidagilarni bajaring:
1. Pul yechib olingan hamma kartani darhol bloklang.
2. Akkauntingiz parolini o‘zgartiring va ishonchli qurilmalar ro‘yxatidan ortiqchalarini o‘chirib tashlang. Buning uchun TBC Bank Uzbekistan ilovasi profilidagi “Xavfsizlik” bo‘limiga kiring.
3. 1150 raqami orqali yordam xizmatimizga murojaat qiling va yechib olingan pullar haqida batafsil ma’lumot bering.
4. Hamma dalillarni saqlab qo‘ying: SMS, xabarnomalar, yozishmalar, havolalar va boshqa ma’lumotlar.
Biznes-bankdan foydalanasizmi?
Biznes va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan maxsus bo‘limga o‘ting






