Kredit tarixisiz qarz rasmiylashtirish

  • 28 dan 49% gacha

    Kredit stavkasi

  • 3 dan 36 oygacha

    Kredit muddati

Birinchi kreditni olish ko‘pincha ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi. Aksariyat odamlarda hali kredit tarixim shakllanmagan, shu sababli bank arizani tasdiqlaydimi va avval kredit olmagan holda mablag‘ olish mumkinmi degan savol tug‘iladi. Amalda kredit tarixining yo‘qligi avtomatik rad etish degani emas. Banklar faqat avvalgi kreditlarni emas, balki mijoz haqidagi boshqa ma’lumotlarni ham baholaydi.


Agar sizni kredit tarixisiz kredit olish qiziqtirsa, rasmiylashtirish jarayoni oddiy va talablar aniq bo‘lgan mahsulotlarni tanlash muhim. Masalan, TBC Bank’da arizani ofisga bormasdan, garov va kafillarsiz, to‘liq ilova orqali topshirish mumkin.
 

Kredit tarixisiz kredit olish — TBC Bank shartlari

Ko‘pchilik minimal skoring bilan moliyalashtirish yoki umuman skoringsiz birinchi kredit olish deyarli imkonsiz deb hisoblaydi. Aslida banklar mijozlarni baholash uchun turli mexanizmlardan foydalanadi va har bir arizani alohida ko‘rib chiqadi.


TBC Bank’da qaror taqdim etilgan ma’lumotlar tahlili asosida avtomatik tarzda qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun ilovada ro‘yxatdan o‘tish va anketani to‘ldirish kifoya.
Kredit bo‘yicha javob odatda bir daqiqa ichida taqdim etiladi.

Yangi mijoz krediti — ariza berish jarayoni

Agar kredit birinchi marta olinayotgan bo‘lsa, asosiy talablar odatda standart bo‘lib qoladi. Mijoz voyaga yetgan bo‘lishi va shaxsini tasdiqlash uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.


TBC Bank’da 100 mln so‘mgacha bo‘lgan onlayn kreditni 3 oydan 36 oygacha muddatga rasmiylashtirish mumkin. Kredit garovsiz va kafilsiz beriladi hamda uni to‘liq masofadan turib rasmiylashtirish mumkin.

 

Kredit tarixisiz qarzni ruyxatga olish imkoniyatlari

Bugungi kunda ilgari kredit mahsulotlaridan foydalanmagan ko‘plab foydalanuvchilar kredit tarixisiz qarzni ro'yxatga olish imkoniyatlarini izlamoqda.


Jarayon odatda quyidagicha amalga oshiriladi:

 

  • bank ilovasini yuklab olish;
  • ro‘yxatdan o‘tish;
  • kredit uchun ariza to‘ldirish;
  • qarorni kutish;
  • rasmiylashtirishni tasdiqlash.


Ijobiy qaror qabul qilinganda mablag‘ mijoz hisobiga o‘tkaziladi va undan istalgan maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘ladi.
 

Skoringsiz qarz uchun qanday hujjatlar talab etiladi

Ko‘pchilik uzoq hujjatlar ro‘yxatini kutadi, biroq zamonaviy raqamli xizmatlar jarayonni ancha soddalashtirgan.


TBC Bank’da kredit rasmiylashtirish uchun pasport yoki ID-karta ma’lumotlari hamda JShShIR (PINFL) kerak bo‘ladi.


Ariza topshirishda qo‘shimcha daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar talab qilinmaydi
 

Minimal foiz stavkasi va to‘lov jadvali

Kredit karta va kredit o‘xshash vazifalarni bajarishi mumkin, biroq ular bir xil mahsulot emas.


Kredit odatda ma’lum summa va aniq muddatga beriladi, qaytarish esa belgilangan to‘lov jadvali asosida amalga oshiriladi. Kredit kartasi esa bank tomonidan ajratilgan limitdan zaruratga qarab foydalanish va sarflangan mablag‘larni bank shartlariga muvofiq qaytarish imkonini beradi.


Agar mablag‘ ma’lum bir maqsad uchun kerak bo‘lsa va zarur summa oldindan ma’lum bo‘lsa, ko‘pchilik kredit tarixisiz kredit olish variantini tanlaydi. Agar esa qo‘shimcha mablag‘larga doimiy kirish imkoniyati muhim bo‘lsa, kredit kartasi qulayroq yechim bo‘lishi mumkin.


Shuningdek, kredit rasmiylashtirilganda minimal foiz stavkasi va oylik to‘lov jadvali individual tarzda belgilanadi. Yakuniy shartlar ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng aniqlanadi va mijozga oldindan ko‘rsatib beriladi.


Bu esa yangi mijoz uchun qarz rasmiylashtirish jarayonini yanada tushunarli va qulay qiladi.

Ko'p beriladigan savollar

Ha, mumkin. Birinchi kreditni olish uchun odatda ariza topshirish va bank tekshiruvidan o‘tish kifoya. Kredit tarixisiz kredit olish imkoniyati mavjud va kredit tarixining yo‘qligi avtomatik ravishda rad javobini anglatmaydi. Bank mijozni bir nechta omillar asosida baholaydi va har bir ariza bo‘yicha qarorni alohida qabul qiladi.
 

Ha, ayrim banklar shakllangan kredit tarixi bo‘lmagan yangi mijozlarga ham kredit mahsulotlarini taklif qiladi. Masalan, kredit kartasi yoki kredit uchun arizani onlayn topshirish mumkin.


Bu bankning ichki talablari va mijoz ma’lumotlarini tekshirish natijalariga bog‘liq bo‘ladi.
 

Ha, bu kredit shartlariga ta’sir qilishi mumkin. Kredit tarixi mavjud bo‘lmaganda bank uchun mijozning to‘lov intizomini baholash qiyinroq bo‘ladi. Shu sababli kreditlash shartlari ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan mijozlarga taklif qilinadigan shartlardan farq qilishi mumkin.


Biroq har bir ariza individual tarzda ko‘rib chiqiladi va yakuniy shartlar bank tomonidan baholash natijalariga ko‘ra belgilanadi.

 

Barcha banklar uchun yagona talab mavjud emas. Kredit limiti so‘ralayotgan summa, kredit muddati, mijozning moliyaviy holati va bankning ichki mezonlariga qarab belgilanadi.


Ariza individual tartibda ko‘rib chiqiladi. Shu sababli yangi mijoz uchun qarz rasmiylashtirish jarayonida tasdiqlanadigan limit har bir mijoz uchun alohida aniqlanadi.
 

Talablar bankka qarab farq qiladi. Masalan, TBC Bank’da kredit arizasini topshirishda odatda pasport yoki ID-karta ma’lumotlari hamda JShShIR (PINFL) talab etiladi.


Ba’zi holatlarda minimal skoring bilan moliyalashtirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab qilinmasligi mumkin. Yakuniy qaror mijoz ma’lumotlari tekshirilgandan va ariza bank tomonidan baholangandan so‘ng qabul qilinadi.

 

Rasmiy ish joyi mavjud bo‘lmagan ayrim mijozlar ham kredit olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Bunday holatda qaror mijozning ma’lumotlari va bankning ichki baholash natijalari asosida belgilanadi.
 

TBC kredit mahsulotlari