Garovsiz kredit olish shartlari va talablari

  • 28 dan 49% gacha

    Kredit stavkasi

  • 3 dan 36 oygacha

    Kredit muddati

Kvartira yoki mashinani garovga qo‘yish shartmas — bu eng asosiy afzallik. Ha, bank sizdan ko‘chmas mulkingiz yoki avtomobilingizni garovga qo‘yishni so‘ramaydi — shuning uchun ham kreditni olish tez bo‘ladi. Aslida, garovsiz kredit shartlari atigi uchta: pasport, barqaror daromad va ijobiy kredit tarixi. Bularning barchasi ta’minotsiz amalga oshiriladi. Pul olishning sodda yo‘limi? Albatta.


Yosh — bankka qarab 18–21 yoshdan. Muhimi, avvalgi majburiyatlaringiz bo‘yicha jiddiy kechikishlarga yo‘l qo‘ymagan bo‘lishingiz kerak. Kredit summasi va foiz stavkasi mijozning ma’lumotlariga bog‘liq: daromadingiz qanchalik yuqori va kredit tarixingiz qanchalik yaxshi bo‘lsa, shartlar shunchalik foydali bo‘ladi.

 

Kafilsiz kredit olish jarayoni — qadamma-qadam ko'rsatma

Kreditni olish ilovadagi arizani to‘ldirishdan boshlanadi. Kerakli summa va muddatni ko‘rsatib, ariza berasiz — tizim ma’lumotlarni avtomatik tekshiradi va tezda javob beradi. Bu odatda bir necha daqiqa vaqt oladi.


Agar hammasi ma’qul kelsa, shartlarni ko‘rib, shartnomani o‘qib chiqib, uni tasdiqlaysiz. Keyin kreditni olish uchun qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanasiz — pul joriy hisobraqamingizga yoki kartangizga o‘tkaziladi.
 

Garovsiz va daromad haqida ma’lumotnomasiz kredit — talablar va u kimlarga beriladi

Bunday kreditlar daromadini rasman tasdiqlay olmaydiganlar, masalan, o‘zini o‘zi band qilganlar va frilanserlar uchun mo‘ljallangan. Banklar ma’lumotnomalar o‘rniga muqobil ma’lumotlardan foydalanadi: karta orqali o‘tkazmalar va pul tushumlarining muntazamligi shular jumlasidan. Biroq barqaror daromad manbayi bo‘lmasa, foiz stavkasi biroz yuqoriroq, kredit summasi esa kamroq bo‘lishi mumkinligini hisobga oling.
 

Garovsiz va kafilsiz kredit olish afzalliklari

Asosiy afzalligi — jarayonning oddiyligi. Kafil izlash, mol-mulkka doir hujjatlarni yig‘ish va arizaning uzoq ko‘rib chiqilishini kutish shart emas. Qaror bank filialidagiga qaraganda tezroq qabul qilinadi, jarayonning o‘zi esa ancha tushunarli va shaffof. Bunday usul, ayniqsa, garovsiz kreditni tezda olish kerak bo‘lganda, ma’lumotnomalar yig‘ishga va navbatlarda turishga vaqt yo‘qligida juda qulay.
 

Garovsiz online kredit — tezkor rasmiylashtirishning afzalliklari

Texnologiyalar ancha rivojlandi — endi banklar arizalarga deyarli bir zumda javob bermoqda. Qanday qilib deysizmi? Skoring tizimlari ma’lumotlaringizni tahlil qiladi va javob bir necha daqiqa, ba’zan esa hatto soniyalar ichida keladi. Ha, hammasi to‘g‘ri: siz “Yuborish” knopkasini bosgan paytdan boshlab, pul kartangizga tushguncha ko‘pincha atigi 10–15 daqiqa vaqt o‘tadi. Hech qanday garovsiz. Hech qanday daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnomasiz. Shuning uchun ham bu usul qulay: pulni ortiqcha ovoragarchilik va uzoq kutmasdan olasiz.


Shuningdek, 33 mln garovsiz kredit olish va garovsiz 100 million kredit olish imkoniga egasiz. 
 

Kredit olish oldin nimalarga e’tibor berish kerak?

Garovsiz kredit olish uchun ariza berishdna avval kredit shartlarini shoshmasdan tahlil qilib chiqish kerak. Faqat foiz stavkasiga emas, balki komissiyalar va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga oluvchi yakuniy ortiqcha to‘lov summasiga ham e’tibor bering. Ba’zida past foiz stavkasi qo‘shimcha shartlar, masalan, sug‘urtani rasmiylashtirish yoki boshqa talablarni bajarish evaziga taklif qilinadi.


To‘lovlar jadvalini ko‘rib chiqing va oylik to‘lov summasini baholang. U byudjetingizga og‘irlik qilmasligi kerak. Imkoniyatlaringizni oldindan chamalab, to‘lovlarni qiyinchiliksiz, o‘z vaqtida to‘lay olishingizga ishonch hosil qilganingiz yaxshi.
 

Qanday qilib garovsiz kreditni ortiqcha to‘lovlarsiz so‘ndirish mumkin?

Ortiqcha pul to‘lamaslik uchun oddiy qoidalarga amal qiling. To‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lang va qarzni muddatidan oldin yopishga harakat qiling — bu foizlar summasini kamaytiradi. Imkoniyatingiz bo‘lsa, qarzni to‘liq muddatidan oldin to‘lash yoki qisman so‘ndirish usulini tanlang. Shuningdek, muddati o‘tib ketishining oldini olish uchun to‘lov sanasini kuzatib borish va avtoto‘lov xizmatini yoqib qo‘ying. To‘lovlarni qanchalik intizom bilan amalga oshirsangiz, kredit sizga shunchalik arzon tushadi.
 

Ko'p beriladigan savollar

TBC Bankda garovsiz 100 mln so‘mgacha kredit olishingiz mumkin. Buning uchun TBC Bank Uzbekistan ilovasini yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va ariza bering.
 

Kredit berish uchun kafil talab qilmaydigan bankni toping. Masalan, TBC Bankda biz kafil, garov yoki daromadlar haqida ma’lumotnomani talab qilmaymiz.
 

TBC Bankda kredit uchun ariza bering. Biz garov va daromadlar haqida ma’lumotnoma talab qilmaymiz. Kartalaringizni TBC Bank Uzbekistan mobil ilovasiga qo‘shsangiz bo‘ldi.
 

Bank ilovasini yuklab olasiz, “Kredit” bo‘limini tanlaysiz va ko‘rsatmalarga amal qilasiz.
 

Onlayn-mikrokredit uchun ariza berishga pasport yoki ID kartangiz ma’lumotlarining o‘zi yetarli. Ularni bank ilovasida ro‘yxatdan o‘tish paytida kiritasiz.
 

TBC kredit mahsulotlari