Aksiyadorlarning Navbatdan Tashqari Umumiy Yigʻilishini Oʻtkazish Toʻgʻrisidagi Xabar
24.10.2024
“TBC Bank” ATB aksiyadorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va Kuzatuv Kengashining 2024 yil 25 oktyabr kuni qabul qilgan qaroriga koʻra, “TBC Bank” ATB 2024 yil 25 oktyabr kunida chaqirilgan Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun kvorum yo‘qligi sababli Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi 2024 yil 13 noyabr kuniga ko‘chirilganligini ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarning takroriy umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmagan yig‘ilish o‘rniga chaqiriladi, o‘zgartirishlarsiz quyidagi kun tartibini o‘z ichiga oladi:
KUN TARTIBI:
1. “TBC Bank” ATB aktsiyalarini sotib olishda aktsiyadorlarning imtiyozli huquqidan foydalanmaslik to'g'risida qaror qabul qilish.
2. “TBC Bank” ATBning ustav kapitalini qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish orqali oshirish.
3. “TBC Bank” ATB aksiyalarini qo‘shimcha chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash.
Joylashuvi (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi, 10B uy.
Elektron pochta manzili: contact@tbcbank.uz
Majlis oʻtkaziladigan vaqt, manzil va tartib: Toshkent vaqti bilan soat 16:00, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi, 10B uy
Aksiyadorlarning roʻyxatdan oʻtish sanasi, vaqti va joyi: 2024 yil 13 noyabr soat 15:00 dan 16:00 gacha, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi, 10B.
Ma’lumot uchun:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestri 2024 yil 21 oktyabr holatiga koʻra shakllantiriladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida aksiyadorning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjat va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etgan holda ishtirok etish hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan ovoz berish byulletenlari yordamida.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilish materiallari bilan quyidagi manzilda: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi, 10B yoki contact@tbcbank.uz. elektron pochta manziliga soʻrov yuborgan holda tanishib chiqish mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (78) 777-27-27