"TBC Bank” ATB tariflariga kiritilgan o'zgartirishlar haqida xabar
23.06.2022
"TBC Bank” ATB tariflariga kiritilgan o'zgartirishlar haqida xabar
2022 yil 5 iyuldan boshlab "TBC Bank" ATB da plastik kartalarni chiqarish va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha tariflar o`zgartiriladi.
"TBC Bank" ATB tegishli ma'lumotlarni kamida 10 (o`n) kalendar kun davomida Bankning www.tbcbank.uz veb-saytida, mobil ilovasida va/yoki "TBC Bank" ATB bo`linmalarida joylashtirish orqali Mijozni xabardor qilgan holda bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish bo`yicha Bosh shartlarning 4.13.4-bandiga ko`ra Bank tariflarini o`zgartirishga haqli.
2022 yil 5 iyuldan keyin TBC UZ ilovasida plastik kartalarni chiqarish va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha xizmatlardan foydalanishni davom ettirib, siz bank Tariflaridagi O'zgarishlar bilan rozi ekanligingizni bildirasiz.
Yangi tariflar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.