“Apple” foydalanuvchilariga iOS versiyasini yangilash zaruriyati to'g'risida bildirishnoma

08.02.2023

Har kuni axborot tahdidlarining yangidan yangi turlari paydo bo'lmoqda. Shuning uchun texnologik kompaniyalar, bu qulaylikka qancha zid bo'lmasin, o'z mahsulotlaridagi zaifliklarni bartaraf etishga urinmoqda. “TBC Bank” ATB O'zbekistondagi raqamli birinchi bank hisoblanib, axborot xavfsizligi bilan bog'liq masalalarga jiddiy e'tibor qaratib keladi. Gap shundaki, eskirgan operatsion tizimlarga ishlab chiqaruvchi tomonidan yangilanishlar taqdim etilmaydi. Bunday smartfonlar raqamli bank xizmat ko'rsatish tizimi uchun xavfli hisoblanadi. Shuning uchun, TBC UZ ilovasining 1.14 versiyasidan boshlab iOS tizimining 13.0 versiyasidan past bo'lgan operatsion tizimlarga xizmat ko'rsatish to'xtatiladi. 

 

Sizdan operatsion tizimingizni oldindan kerakli versiyagacha yangilashingizni so'raymiz. Bu TBC UZ ilovasining barcha xizmatlaridan xavfsiz foydalanish imkonini beradi. 

 

Yangilash bo'yicha qo'llanma:

1) Apple qurilmasidaНастройкиbo'limiga kiring 

2) “Основные punktini tanlang  

3) “Обновление ПО punktini tanlang 

4) “Загрузить и установить tugmasini bosing