TBC Bank omonatlar bo‘yicha aksiya boshlaydi

13.11.2025

14-noyabrdan 30-dekabrgacha mijozlarga omonatlar bo‘yicha imtiyozlar taqdim etamiz
 
Ishtirokchi bo‘lish uchun quyidagilar talab etiladi:
Dastur amal qilish muddati davomida quyidagi shartlarga javob beradigan har qanday shaxsi tasdiqlangan Bank mijozi Dastur ishtirokchisi bo‘lishi mumkin:
- Aksiya boshlanishiga qadar 13 oydan ortiq muddatga ochilgan muddatli omonati (omonatlari) bo‘lishi;
- Mijozning omonati (omonatlari) amal qilish muddati 2025-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelishi;
- Mijoz tomonidan 2025-yil 14-noyabrdan 30-dekabrgacha bo‘lgan davrda 13 (o‘n uch) oy muddatga umumiy summasi kamida 250 000 000 (ikki yuz ellik million) so‘m bo‘lgan yangi muddatli yoki qisman yechib olish imkoniyatisiz to‘ldiriladigan muddatli omonat (omonatlar) ochilishi;
 
Biz sizga quyidagi imtiyozlarni taqdim etamiz:
Imtiyozlar (tanlov asosida yoki kombinatsiya qilish mumkin):
"A" imtiyozi: Toshkent xalqaro aeroportining CIP Lounge’iga bepul kirish (uchib ketish yoki kelish uchun);
"B" imtiyozi (ikki qismdan iborat):
1.    Toshkent xalqaro aeroporti biznes zaliga bepul kirish,
2.    Toshkent xalqaro aeroportida Fast Track xizmatidan foydalanish (faqat Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bilan parvoz qilganda amal qiladi).
 
Batafsil ma’lumot olish uchun oferta bilan tanishing.

 

table-vklad-akciya