TBC Bank omonatlar bo‘yicha "Aksiya omonatlari 1.2." aksiyani e’lon qiladi

13.11.2025

TBC Bank omonatlar bo‘yicha "Aksiya omonatlari 1.2." aksiyani e’lon qiladi

14-noyabrdan 4-dekabrgacha mijozlarimizga omonatlar bo‘yicha noyob shartlarni taqdim etamiz

 

Aksiya omonatlari 1.2.


Aksiya muddati davomida quyida keltirilgan barcha shartlarga javob beradigan Bankning har qanday identifikatsiyalangan mijozi Aksiya ishtirokchisi bo‘lishi mumkin:
­    — 2025-yil 1-noyabrdan 2025-yil 30-noyabrgacha bo‘lgan davrda muddati 13 oydan ortiq bo‘lgan muddatli omonatini yopayotgan mijoz;
­    — 2025-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra yopilayotgan omonatlarning umumiy summasi kamida 1 000 000 001 (bir milliard bir) so‘m va ko‘pi bilan 12 mlrd (o‘n ikki milliard) so‘mni tashkil etishi kerak
­    — Bank mobil ilovasining yangi dizaynini o‘rnatgan mijoz. Ushbu shart Mijoz bilan kelishuv asosida bajariladi, chunki yangilash interfeysdagi sezilarli o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bank Mijoz bilan bog‘lanish va yangilanishni taklif qilish uchun choralar ko‘radi (SMS, push-bildirishnomalar, qo‘ng‘iroqlar). Agar Mijoz dastlabki ikki shartga mos kelsa, u Bank bilan mustaqil ravishda bog‘lanishi mumkin.

 

Biz qanday shartlarni taqdim etamiz:
- To‘ldirish imkoniyati bor muddatli omonat.
- Stavka — yillik 22%
- Ochish uchun eng kam summa — 100 mln so‘m
- Eng ko‘p summa — 12 mlrd so‘m
- Aksiyali omonatlar soni — 1 ta


Batafsil ma’lumot olish uchun oferta bilan tanishishingiz mumkin. Aksiyali omonat tariflari haqida batafsil ma’lumotni bu yerda ko‘rishingiz mumkin.