TBC Bank The Banker talqiniga ko‘ra, MDHning yetakchi banklari qatoriga kirdi

03.12.2025

Toshkent, O‘zbekiston, 2025-yil 4-dekabr — TBC Uzbekistan raqamli banking ekotizimining bir qismi bo‘lgan, mamlakatning yetakchi raqamli banklaridan biri TBC Bank nufuzli The Banker nashrining “MDHning 100 ta yetakchi banki – 2025” reytingi natijalariga ko‘ra MDHning eng muvaffaqiyatli banklari safiga kirdi.

MDH banklarining 2025-yil umumiy reytingida TBC Bank birinchi darajali kapital ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston banklari orasida 14-o‘rinni egalladi va butun mintaqa miqyosida 18 pog‘onaga ko‘tarilib, 51-o‘ringa chiqdi. Bu uning barqaror o‘sishini va raqamli ekotizim modelining samaradorligini yaqqol aks ettiradi.

Har yili e’lon qilinadigan The Banker reytingi nashr bazasidagi eksklyuziv ma’lumotlar asosida tuziladi va mintaqadagi yetakchi banklarni birinchi darajali kapital ko‘rsatkichi, shuningdek, sakkizta qo‘shimcha mezon bo‘yicha baholaydi. MDH banklarining yangi reytingi banklarning barqarorligi, o‘sish sur’atlari, rentabelligi va operatsion samaradorligini hisobga olgan holda takomillashtirilgan The Banker baholash modeli tufayli mintaqadagi banklarni yanada aniqroq taqqoslash imkonini beradi.

Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan: “The Banker talqiniga ko‘ra, TBC Bank’ning mintaqadagi yetakchi banklar qatoriga kirishi O‘zbekistondagi raqamli banking ekotizimimiz muvaffaqiyatining yana bir dalilidir. Atigi bir necha yil ichida biz Markaziy Osiyodagi eng yirik ekotizimlardan birini yaratdik, barqaror daromadli o‘sishni namoyish etib, butun mintaqa bo‘ylab ham jismoniy shaxslar, ham biznes uchun raqamli xizmatlarni o‘zgartirdik. Reyting moliyaviy intizomimizning yuqori darajasi, innovatsiyalarni joriy etish tezligi va millionlab mijozlarning haqli ishonchini aks ettiradi”.

TBC Uzbekistan 2025-yilgi The Banker reytingiga kiritilgan paytda chakana va biznes mijozlari uchun mahsulot va xizmatlar ko‘lamini kengaytirib, raqamli banking ekotizimini rivojlantirishda davom etmoqda. 2025-yilda ekotizim mijozlar bazasini 22 million nafar noyob ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga yetkazdi, shuningdek, kredit va omonat portfellarining barqaror o‘sishini namoyish etdi.