TBC Bank Uzbekistan o‘zining raqamli imkoniyatlarini kengaytirmoqda
14.02.2024
TBC Bank Uzbekistan o‘zining raqamli imkoniyatlarini kengaytirmoqda
TBC Bank Uzbekistan respublika boʻylab onlayn xizmatlarini kengaytirish va maslahat shahobchalarining ishini optimallashtirishga eʼtibor qaratgan holda oʻzining raqamli imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirilganini eʼlon qiladi. 2024 yil mart oyining boshidan boshlab mijozlarga xizmat ko‘rsatish faqat foydalanuvchilar orasida talab darajasi yuqori boʻlgan va samarali deb topilgan raqamli kanallar orqali amalga oshiriladi. Maslahat shahobchalarida faqat maslahatlar beriladi.
2024 yil 1 martdan yopiladigan Bank xizmatlari markazlari (BXM) roʻyxati:
- Toshkent shahri (C2), Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahrisabz ko‘chasi 5-uy. Eng yaqin maslahat shahobchasi: Shayxontohur tumani, Qoratosh ko‘chasi 5A uy;
- Buxoro shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 3-uy. Eng yaqin maslahat shahobchasi: Buxoro shahri, B.Naqishband ko‘chasi, 149-uy;
- Farg‘ona shahri, Yuksalish ko‘chasi, 79B uy. Eng yaqin maslahat shahobchasi: Yuksalish ko‘chasi, 53-uy;
- Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 219 A uy. Eng yaqin maslahat shahobchasi: Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, “Yashil bozor” Savdo markazi;
- Samarqand shahri, Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasi, 34-uy. Eng yaqin maslahat shahobchasi: Mir Said Baraka ko‘chasi, 2-uy;
- Andijon shahri, Milliy Tiklanish ko‘chasi, 1-uy. Eng yaqin maslahat shahobchasi: Loihaviy Mashrab ko‘chasi, 62-uy;
- Urgench shahri, Tinchlik ko‘chasi, 1-uy. Eng yaqin maslahat shahobchasi: Tinchlik ko‘chasi, 1-uy;
- Jizzax shahri, Sharof Rashidov shoh ko‘chasi. Eng yaqin maslahat shahobchasi: Sharof Rashidov ko‘chasi, Zebo savdo markazi, 5 do’kon.
O‘zgarishlar bankni raqamlashtirish strategiyasining bir qismi bo‘lib, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan. Bank ushbu oʻzgarishlar kiritish davrida mijozlarning ishonchi va ularni qoʻllab-quvvatlash muhimligini ta’kidlaydi.
Ayni vaqtda Bankda O‘zbekiston bo‘ylab 79 ta maslahat shahobchalari oʻz faoliyatini olib bormoqda. Yil oxiriga qadar yana 121 ta shahobcha ochilishi rejalashtirilgan. Yangi manzillar haqida ma’lumotlar ular tashkil etilishiga qarab taqdim etib boriladi.
Bankning bu qadami moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirishga qaratilgan umumjahon gʻoyani aks ettiradi hamda bank xizmatlarida yangiliklarga va foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga intilishini koʻrsatadi.