TBC Bank Uzbekistan va Payme — HUMO mukofotlari va sertifikatlari bilan taqdirlandi
01.05.2024
29-aprel kuni HUMO to‘lov tizimi o‘zining besh yilligi munosabati bilan o‘z hamkorlarini taqdirladi. TBC Bank Uzbekistan va Payme to‘lov xizmati faol hamkorlik va O‘zbekiston moliya sektorini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun sertifikat va mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
