Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar
09.02.2024
“TBC Bank” ATB aksiyadorlari diqqatiga!
“TBC Bank” ATB aksiyadorlari diqqatiga!
“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv Kengashining 2024 yil 09 fevraldagi qaroriga asosan 2024 yil 4 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
KUN TARTIBI:
- “TBC Bank” ATB Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini cheklanmagan muddatga tasdiqlash.
- “TBC Bank” ATB Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish va ushbu o‘zgartirishlarni tasdiqlash.
- “TBC Bank” ATBning 2023 yil 25 oktabrdagi R0911-7-sonli ilgari ro‘yxatga olingan aksiyalar emissiyasiga o‘zgartirishlar kiritish va ushbu o‘zgartirishlarni tasdiqlash.
- “TBC Bank” ATBning tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash.
Manzil (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy
Elektron pochta manzili: contact@tbcbank.uz.
Yigʻilishni oʻtkazish joyi: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish sanasi, vaqti va joyi: 2024 yil 04 mart, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 dan 16:00 gacha, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va ovoz berish tartibi:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador-yuridik shaxs tomonidan o‘z vakili orqali amalga oshiriladi.
Aksiyador istalgan vaqtda Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida oʻz vakilini almashtirishga haqli.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyador-yuridik shaxsning vakili oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etadi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari yordamida amalga oshiriladi.
Boshqa ma’lumotlar:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestri 2024 yil 27 fevral holatiga koʻra shakllantiriladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy manzili bo‘yicha yoki quyidagi elektron pochtaga so‘rov yuborish orqali tanishish mumkin: contact@tbcbank.uz.
Ma’lumot uchun telefon: (78) 777-27-27.