Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar
04.10.2022
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar
“TBC Bank” ATB aksiyadorlari diqqatiga!
Kuzatuv Kengashining 2022 yil 3 oktabrdagi qaroriga asosan “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki 2022 yil 26 oktabr kuni soat 17:00 da aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qiladi, bunda mazkur yig‘ilishda masofadan turib videokonferensaloqa va evote.uz elektron ovoz berish tizimi orqali ishtirok etish imkoniyati mavjud.
KUN TARTIBI:
- “TBC Bank” ATB Hisob komissiyasining noma’lum muddatga miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
- “TBC Bank” ATB Ustaviga bank ustav kapitalini oshirish va bankning e’lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish.
- “TBC Bank” ATBning 2022 yil 25 iyuldagi R0911-5-sonli ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalarining emissiyasiga o‘zgartirishlar kiritish.
- Niderlandiya taraqqiyot banki FMO bilan bitimni tasdiqlash.
- “Space International” AJ bilan tuzilgan shartnoma shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni ko‘rib chiqish.
Manzil (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B.
Elektron pochta manzili: contact@tbcbank.uz
Yigʻilishni oʻtkazish joyi: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy, videokonferensaloqa va evote.uz elektron ovoz berish tizimidan foydalangan holda masofadan turib qatnashish imkoniyati mavjud.
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish sanasi, vaqti va joyi: 2022 yil 26 oktabr, soat 16:00 dan 17:00 gacha, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B (masofadan turib qatnashganda – evote.uz elektron ovoz berish tizimi orqali).
Boshqa ma’lumotlar:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestri 2022 yil 20 oktabr holatiga koʻra shakllantiriladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida aksiyadorning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjat va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani ko‘rsatgan holda ishtirok etish hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan ovoz berish byulletenlari yoki evote.uz elektron ovoz berish tizimidan foydalangan holda masofadan turib ovoz berish huquqiga ega.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy manzili bo‘yicha yoki quyidagi elektron pochtaga so‘rov yuborish orqali tanishish mumkin: contact@tbcbank.uz.
Ma’lumot uchun telefon: (78) 777-27-27.