Aksiyadorlarning Navbatdan Tashqari Umumiy Yigʻilishini Oʻtkazish Toʻgʻrisidagi Xabar

10.06.2022

Aksiyadorlarning Navbatdan Tashqari Umumiy Yigʻilishini Oʻtkazish Toʻgʻrisidagi Xabar

TBC Bank” ATB aksiyadorlar diqqatiga!

 

Kuzatuv Kengashining 2022 yil 9 iyun kuni qabul qilgan qaroriga koʻra, “TBC Bank” ATB Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini masofada turib video konferensiya aloqasi va evote.uz elektron ovoz berish tizimi orqali oʻtkazish imkoniyati bilan 2022 yil 4 iyul soat 17:00 da oʻtkazilishi haqida ma’lum qiladi.

 

KUN TARTIBI:

  1. “TBC Bank” ATB ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan oshirish;
  2. “TBC Bank” ATB aksiyalarini qo‘shimcha chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash;
  3. “TBC Bank” ATBning 2022 yil uchun yangilangan Budjetini tasdiqlash.

 

Joylashuvi (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi, 10B uy.

 

Elektron pochta manzili: contact@tbcbank.uz

Majlis oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi, 10B uy, masofada turib video konferensiya aloqasi va evote.uz elektron ovoz berish tizimi orqali oʻtkazish imkoniyati bilan.

Aksiyadorlarning roʻyxatdan oʻtish sanasi, vaqti va joyi: 2022 yil 4 iyul soat 16:00 dan 17:00 gacha, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi, 10B (masofada turib ishtirok etganda – evote.uz elektron ovoz berish tizimi orqali).

 

Ma’lumot uchun:

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestri 2022 yil 28 iyun holatiga koʻra shakllantiriladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida aksiyadorning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjat va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etgan holda ishtirok etish hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan ovoz berish byulletenlari yordamida yoki masofadan turib evote.uz elektron ovoz berish tizimidan foydalangan holda ovoz berish huquqiga ega.

 

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilish materiallari bilan quyidagi manzilda: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi, 10B yoki contact@tbcbank.uz. elektron pochta manziliga soʻrov yuborgan holda tanishib chiqish mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon: (78) 777-27-27.