AKSIYADORLARNING YILLIK UMUMIY YIGʻILISHINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDAGI XABAR

01.06.2023

“TBC Bank” ATB aksiyadorlari diqqatiga!

“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv Kengashining 2023 yil 1 iyundagi qaroriga asosan 2023 yil 23 iyun kuni soat 16:00 da Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

KUN TARTIBI:

 

  1. “TBC Bank” ATB Kuzatuv kengashining 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.
  2. “TBC Bank” ATB Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirishni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
  3. “TBC Bank” ATBning 2022 yil uchun yillik hisoboti va MHXS hisobotini tasdiqlash.
  4. “TBC Bank” ATB tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash.
  5. “TBC Bank” ATB Ustaviga o'zgartirishlar kiritish va ushbu o'zgartirishlarni tasdiqlash.
  6. “TBC Bank” ATBning 2023-yil 10-fevraldagi P0911-6-sonli ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalari chiqarilishiga o‘zgartirishlar kiritish va ushbu o‘zgartirishlarni tasdiqlash.
  7. 2023 yilga majburiy audit o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tayinlash, uning xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdori va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
  8. “TBC Bank” ATB yagona aksiyadorining 2021-yil 28-oktabrdagi 10-son qarori bilan belgilangan “PricewaterhouseCoopers” MChJ auditorlik tashkilotining 2022-yilgi auditorlik xizmati uchun to‘lovning eng yuqori miqdoriga o‘zgartirishlar kiritish.

 

Manzil (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy.

Elektron pochta manzili: contact@tbcbank.uz

Yigʻilishni oʻtkazish joyi: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy.  

Aksiyadorlarni roʻyxatga olish sanasi, vaqti va joyi: 2023 yil 6 fevral, soat 15:00 dan 16:00 gacha, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B. 

Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etish va ovoz berish tartibi:

Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador-yuridik shaxs tomonidan o’z vakili orqali amalga oshiriladi.

Aksiyador istalgan vaqtda aksiyadorlar umumiy yig'ilishida o'z vakilini almashtirishga haqli.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyador-yuridik shaxsning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjat va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etadi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish “jamiyatning bitta ovoz beruvchi aksiyasi – bitta ovoz” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida kun tartibidagi masalalar bo'yicha ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.

Boshqa ma'lumotlar:

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestri 2023-yil 19-iyun holatiga ko‘ra shakllantirildi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy manzili bo‘yicha tanishishingiz yoki contact@tbcbank.uz elektron manziliga so‘rov yuborishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (78) 777-27-27.