Har bir to'lovdan 1% qaytarib oling
15.06.2022
Har bir to'lovdan 1% qaytarib oling
Biz Soliq qo'mitasi bilan hamkorlikda to'lovlar uchun hisobga keshbek o'tkazish loyihasini ishga tushirdik.
Bundan keyin bank mijozlari TBC UZ ilovasida to'lov amalga oshirganida, to'lov summasidan 1 foizni qaytarib olishlari mumkin bo'ladi.
Keshbek qanday qo'lga kiritiladi?
- Agar siz TBC UZ ilovasida to'lov amalga oshirsangiz va sizda shuningdek "Soliq" ilovasi mavjud bo'lib, ushbu ikki ilovada bir xil telefon raqami bilan ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, sizga avtomatik ravishda keshbek o'tkazib beriladi.
- Agar sizda "Soliq" ilovasi bo'lmasa, keshbekni QR-kodni skaner qilgan holda qo'lga kiritishingiz mumkin.
- Keshbek "Soliq" ilovasidagi hisobingizga o'tkazib beriladi.
Muhim! Keshbek Soliq qo'mitasi tomonidan to'lab beriladi. TBC UZ ilovasida avtomatik ravishda keshbek faqat yuqorida keltirilgan shartlar asosida taqdim etiladi.
Keshbek barcha xizmatlar uchun to'lov qilishda hisoblanadi, biroq quyidagilar bundan mustasno:
- avtomobil sotib olish;
- aviachiptalar va temir yo'l chiptalarini xarid qilish;
- kommunal xizmatlarga to'lov qilish;
- aloqa xizmatlariga to'lov amalga oshirish.
Batafsil ma'lumot uchun havola orqali o'ting.
Boshqa yangiliklar
Zararli havolalardan ehtiyot bo‘ling!
20 October
