“TBC Bank” ATB mijozlari uchun oferta
23.08.2024
“TBC Bank” ATB bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish boʻyicha Bosh Shartlarining 4.13.3-bandiga asosan Bank Mijozni xabardor qilish orqali tegishli ma’lumotlarni Bankning www.tbcbank.uz (http://www.tbcbank.uz/) veb-saytida, mobil ilovasida va/yoki “TBC Bank” ATB boʻlinmalarida oʻzgartirishlar kuchga kirishidan oldin 10 (o‘n) kalendar kundan kechiktirmasdan joylashtirgan holda bank mahsulotlarining Tariflari va shartlariga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
Ushbu bilan “TBC Bank” ATB 2024 yil 3 sentabrdan boshlab Omonatchi maksimum 10 (o‘n) ta muddatli omonat hisobvarag‘ini ochish huquqiga ega ekanligini ma’lum qiladi. Shartnomangizda koʻrsatilgan limitdan ortiq muddatli omonat hisobvaragʻini ochish orqali Siz ushbu ofertaga hamda 2024 yil 3 sentabrdan boshlab omonat boʻyicha Tariflarida muddatli omonat hisobvaraqlarining maksimal soni ko‘rsatilishiga oʻz roziligingizni bildirasiz.
TBC BANK