MBPM va «TBC Bank» ATB “HUMO” kartalari bilan Gruziyada to‘lov qilish imkoniyatini ishga tushirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi

26.05.2022

O‘zbekiston fuqarolari Gruziya bo‘ylab qilgan sayohati chog‘ida “HUMO” kartalaridan to‘siqsiz foydalanishlari mumkin bo'ladi.

2022-yil, 25-may kuni «Banklar va riteyl. Raqamli transformatsiya va o‘zaro aloqa» O‘zbekiston 2022 xalqaro PLAS-forumi doirasida Milliy banklararo protsessing markazi hamda «TBC Bank» ATB o‘rtasida Gruziya hududida O‘zbekiston banklarida ochilgan “HUMO” kartalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha loyihaning ishga tushirilishi to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

 

Iyun oyining oxiri va iyul oyining boshida O‘zbekiston fuqarolari Gruziya bo‘ylab qilgan sayohati chog‘ida “HUMO” kartalaridan to‘siqsiz foydalanishlari: savdo nuqtalarida to‘lov qilishlari va TBC Bank bankomatlari orqali naqd pul yechib olishlari mumkin bo‘ladi.

 

Milliy banklararo protsessing markazi direktori Qurbonov Shuhratbek Ravshanbekovich bunga shunday izoh berdi: «Xalqaro o‘yinchilar bilan strategik hamkorlik qilish biz uchun juda muhim, chunki kartalarimizni ham O‘zbekistonda, ham mamlakat tashqarisida foydalanuvchilar uchun qulayroq qilish maqsadida kartalar amal qiladigan hududni kengaytirishdan manfaatdormiz».

 

Spartak Tetrashvili, «TBC Bank» ATB boshqaruv raisi: «Biz TBC Bank sifatida O‘zbekistonda nafaqat loyihalarning realizatsiyasi bilan shug‘ullanamiz, balki O‘zbekistondan Gruziyaga amalga oshiriladigan bank operatsiyalari hajmini kengaytirishga ham ko‘maklashamiz. “HUMO” kartalarining innovatsion platformasi uni xalqaro bank tizimlariga qiyinchiliksiz integratsiya qilishga hamda mijoz tajribasini yaxshilashga imkon beradi».

 

26-may kuni PLAS-Forum doirasida Shuhratbek Qurbonov «To‘lov biznesi. Barcha azimutlar bo‘yicha rivojlanish» nomli sessiyaning moderatori bo‘ladi, va shuningdek «Banklararo hamkorlik va xalqaro loyihalar. O‘zaro aloqaning muhim yo‘nalishlari. Milliy to‘lov tizimlarining integratsiya istiqbollari» mavzusi bilan chiqish qiladi.

 

26-may kuni Spartak Tetrashvili «Fintex 2022 va neobanklar. Asosiy trendlar» mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatining moderatori bo‘lishi kutilmoqda.