«TBC Bank» ATBdagi omonatlar bo‘yicha mablag‘larni to‘lash tartibiga o‘zgartirish kiritilishi haqida xabarnoma
23.09.2026
TBC Bank yangiliklari
TBC Bank yangiliklari
Hurmatli mijozlar!
Operatsiyalar xavfsizligini yanada oshirish va mijozlar uchun xizmatlardan foydalanish qulayligini yaxshilash maqsadida muddatli omonatlar bo‘yicha mablag‘larni to‘lash tartibi o‘zgartirilmoqda. 05.10.2026 dan boshlab hisoblangan foizlar, shuningdek muddatli omonat muddatidan oldin yoki muddati tugagandan so‘ng yopilganda to‘lanadigan mablag‘lar mijozning joriy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Mablag‘lar joriy hisobvaraqqa kelib tushgandan so‘ng, mijoz avvalgidek ularni istalgan bank kartasiga o‘tkazishi mumkin.
Mazkur o‘zgarishlar barcha amaldagi va yangi muddatli omonatlarga tatbiq etiladi.