“TBC Bank” ATBning AQSh dollarida ochilgan TBC VISA kartalarining yopilishi to‘g‘risida xabarnoma
16.09.2026
TBC Bank yangiliklari
“TBC Bank” ATBning AQSh dollarida ochilgan TBC VISA kartalarining yopilishi to‘g‘risida xabarnoma
2026-yil 17-oktabrdan boshlab “TBC Bank” ATBda AQSh dollaridagi kartalarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi. 2026-yil 17-oktabrdan keyin karta bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirib bo‘lmaydi va kartalar bloklanadi, shuningdek, barcha servis va obunalardan uziladi. 2026-yil 16-oktabrgacha (shu kuni ham) kartadagi qoldiq mablag‘larni yechib olish va xaridlar uchun foydalanish mumkin. Agar 2026-yil 17-oktabr holatiga kartada qoldiq saqlanib qolsa, u 2026-yil 30-oktabrgacha konvertatsiya va komissiyasiz, xuddi shu valyutada talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.
2026-yil 17-oktabrdan boshlab AQSh dollarida omonati bor mijozlar amaldagi va yangi mijozlar uchun AQSh dollarida joriy hisobvaraq ochiladi.
Unga quyidagilar o‘tkaziladi:
— omonat bo‘yicha foizlar;
— muddati tugab, omonat yopilgandagi omonat summasi;
— muddatidan oldin bekor qilinganda, muddatidan oldin bekor qilish shartlariga muvofiq hisoblangan omonat summasi va foizlar.
Hisobga o‘tkazish konvertatsiyasiz, AQSh dollarida amalga oshiriladi.
Bank avtomat ravishda AQSh dollarida talab qilib olinguncha hisobvaraq ochadi.