TBC Uzbekistan biznes uchun kreditlar qatorini kengaytirib, 12 milliard soʻmgacha bo‘lgan garov evaziga kreditni ishga tushirdi

07.10.2026

Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli banking ekotizimi boʻlgan TBC Uzbekistan biznes uchun yangi mahsulot — TBC Biznes platformasida garov evaziga kredit ishga tushirilganini e’lon qiladi.

TBC Biznes mahsulotlari qatorini kengaytirish TBC Uzbekistan’ning kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining bir qismidir. 

 

TBC Biznes 2024-yil dekabr oyida veb-platforma sifatida ishga tushirilgan. Oʻtgan davr mobaynida xizmatga 30 mingdan ortiq tadbirkor qoʻshildi. 2025-yilda TBC Biznes’da 300 million soʻmgacha bo‘lgan garovsiz onlayn biznes kreditlarini rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. 2026-yilda esa mobil ilova ishga tushirildi va kreditning maksimal miqdori 600 million soʻmgacha oshirildi.

 

Endilikda TBC Biznes mijozlari biznesini rivojlantirish va kengaytirish uchun 12 milliard soʻmgacha kredit olishlari mumkin. Xususan, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kredit 36 oygacha, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun esa 120 oygacha muddatga rasmiylashtiriladi. Shuningdek, 12 oygacha imtiyozli davr va garov bo‘yicha moslashuvchan shartlar.

 

Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan:

 “Biz biznes rivojlangani sayin tadbirkorlarda ishlab chiqarishni kengaytirish, uskunalar va tijorat ko‘chmas mulkini xarid qilish hamda biznesini kengaytirishga qaratilgan uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish uchun yirikroq miqdordagi kreditlarga ehtiyoj ortib borayotganini  kuzatmoqdamiz. Shu bois biz tadbirkorlarga yanada yirik biznes vazifalarini hal etish uchun zarur mablag‘ni jalb etish imkonini beradigan yangi kredit mahsulotini ishga tushirdik. Bunda mahsulotlarimizning asosiy tamoyili — mijoz uchun sodda va imkon qadar raqamlashtirilgan xizmat ko‘rsatish jarayonini saqlab qolamiz. Bu esa biznes egalariga eng muhim masala — o‘z kompaniyasini rivojlantirishga e’tibor qaratish imkonini beradi”.

 

Mahsulotlar qatorini kengaytirish bilan birga, TBC Uzbekistan tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham sarmoya kiritmoqda hamda korporativ ijtimoiy mas’uliyat strategiyasi doirasida ta’lim loyihalarini amalga oshirmoqda. Jumladan, ALPHA Education bilan hamkorlikda TBC Bank tadbirkorlar uchun bepul onlayn kurslarni o‘z ichiga olgan LMS-platformasini ishga tushirdi. Shuningdek, bank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda TBC Biznes Trening bepul ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi. Mazkur dastur O‘zbekiston hududlari bo‘ylab o‘tkaziladigan amaliy treninglar turkumidan iborat bo‘lib, tadbirkorlarga boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi bilimlarni egallash va soha ekspertlarining tajribasini o‘rganishga yordam beradi. 

 

Bunday yondashuv TBC Uzbekistan biznes uchun nafaqat zamonaviy moliyaviy yechimlardan foydalanish imkonini yaratish, balki uning barqaror rivojlanishi va tadbirkorlik hamjamiyatining o‘sishi uchun qulay sharoitlarni yaratishga intilishini aks ettiradi. Bank tadbirkorlar uchun raqamli xizmatlarni izchil kengaytirish bilan birga, jismoniy shaxslar va biznes mijozlari uchun yagona mahsulotlar ekotizimini rivojlantirishda davom etmoqda. Bugungi kunda ekotizim ham jismoniy shaxslar, ham tadbirkorlarning deyarli barcha ehtiyojlariga mos yechimlar taklif qilmoqda.

 

Maksimal summasi 12 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu yangi kredit TBC Biznes rivojidagi navbatdagi muhim bosqich bo‘ldi. Shuningdek, platformada tadbirkorlar uchun bankka bormasdan ulanish va xodimlarga ish haqini avtomatik oʻtkazish imkonini beruvchi toʻliq raqamli ish haqi loyihasi ham yoʻlga qoʻyilgan.

 

Kompaniya kundalik moliyaviy boshqaruv uchun TBC Biznes mobil ilovasini rivojlantirmoqda, Business va Business Pro obunalari esa bank xizmatlari xarajatlarini kamaytirish va kundalik moliyaviy amallarni soddalashtirishga yordam beradi.

 

Naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilish uchun tadbirkorlarga yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi UzQR xizmati ham mavjud.