TBC Bank’da “Kredit hamyoni” ishga tushirildi
06.09.2026
TBC Bank yangiliklari
TBC Bank’da “Kredit hamyoni” ishga tushirildi
TBC Bank Uzbekistan ilovasida onlayn kreditlarni olish uchun yangi hisob — “Kredit hamyoni” ishga tushirildi. Endi kredit rasmiylashtirilgach, uning to‘liq summasi avtomatik ravishda ushbu hisobga o‘tkaziladi. Shundan so‘ng mablag‘lardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovada foydalanish mumkin bo‘ladi.
“Kredit hamyoni”ni alohida ochish shart emas — u kredit ilk bor berilganda avtomatik ravishda ochiladi. U oddiy joriy hisob kabi ishlaydi: undan pul o‘tkazish, hisoblarni to‘lash va payme go’dan foydalanish mumkin.
Hisobdan TBC Salom kartasiga pul o‘tkazishda komissiya olinmaydi. Boshqa kartalar va hisob raqamlariga o‘tkazmalarda komissiya summa miqdorining 3,5 foizini tashkil etadi. Komissiya miqdori o‘tkazmani tasdiqlashdan oldin ilovada hisoblanib, ko‘rsatiladi.
Yana nimalarni bilish muhim:
hisobni ochish va unga xizmat ko‘rsatish — bepul;
- hisobni mustaqil ravishda to‘ldirish mumkin emas — “Kredit hamyoni”ga faqat TBC Bank kredit mablag‘lari tushadi;
- hisoblarni to‘lash va payme go orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin;
kredit to‘liq so‘ndirilganidan keyin ham hisob faol holatda qoladi.
“Kredit hamyoni” oddiy joriy hisob kabi ishlaydi — faqat tariflari bilan farq qiladi.
Batafsil shartlar va tariflar — havola orqali.