TBC Bank va UZCARD strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
26.08.2026
TBC Bank va UZCARD TBC Bankning karta mahsulotlarini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi.
Strategik hamkorlikning birinchi bosqichida 1 mln dona TBC Salom UZCARD bank kartalarini chiqarish bo‘yicha loyihani birgalikda amalga oshirish, keyinchalik esa hamkorlikni kengaytirish va emissiya ko‘lamini oshirish rejalashtirilgan. Kartalarni chiqarish yaqin oylarda boshlanishi ko‘zda tutilmoqda. Tomonlar ushbu loyihani O‘zbekistonda zamonaviy karta mahsulotlari va raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli tashabbus sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Hamkorlik doirasida TBC Bank va UZCARD mahsulotning raqamli va texnik infratuzilmasini rivojlantirish, kartalarni masofadan rasmiylashtirish va keyinchalik ularga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, shuningdek, TBC Salom UZCARD faol karta egalari sonini oshirishga qaratilgan qo‘shma marketing tashabbuslarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
TBC Salom UZCARD mijozlar uchun zamonaviy servislar va afzalliklar majmuasiga ega uzoq muddatli karta mahsuloti sifatida rivojlantiriladi. Kartaning qo‘shimcha afzalliklaridan biri ATTO transport servislarining integratsiyasi, jumladan, jamoat transportida almashinuv tariflaridan foydalanish imkoniyati bo‘ladi. Tomonlar, shuningdek, texnik yechimlarni muvofiqlashtirish hamda mahsulotning yanada rivojlanishiga ko‘maklashuvchi boshqa kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish niyatida.
“TBC Bank uchun TBC Salom UZCARDni rivojlantirish — mijozlarga TBC Bankning raqamli mijoz tajribasi va UZCARD milliy to‘lov infratuzilmasi imkoniyatlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan zamonaviy karta mahsulotini taklif etish imkoniyatidir. Biz uzoq muddatli hamkorlik va mahsulotni birgalikda rivojlantirishga umid qilamiz”, — CEO TBC Bank Spartak Tetrashvili.
“TBC Bank bilan memorandum imzolanishi — milliy to‘lov tizimi bazasida zamonaviy karta mahsulotlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Biz UZCARDning infratuzilmaviy imkoniyatlari va TBC Bankning raqamli ekspertizasini birlashtirishda katta salohiyatni ko‘rmoqdamiz. Birgalikdagi ish foydalanuvchilar uchun yanada qulay va texnologik yechimlarni yaratish imkonini beradi”, — ‘UCMG‘MChJ bosh direktori D. Melikidze.
TBC Bank va UZCARD hamkorligi raqamli moliyaviy servislarni rivojlantirish hamda O‘zbekistonda to‘lov vositalari foydalanuvchilari uchun imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha umumiy tendensiyaga mos keladi.
