Biznes uchun kreditlar — endi tadbircore.uz platformasida

18.08.2026

TBC Bank’da biz doimo tadbirkorlar uchun biznes yuritishni yanada osonlashtirish va rivojlanish yo‘lidagi ortiqcha to‘siqlarni kamaytirishga intilamiz.

Endi TBC Biznes kreditini nafaqat mobil ilovamiz yoki saytimiz orqali, balki yagona tadbircore.uz platformasi orqali ham rasmiylashtirish mumkin.

Bu kredit uchun onlayn ariza topshirishning yana bir qulay usuli — bankka borish yoki murakkab jarayonlarga vaqt sarflash shart emas.

Tadbirkorlar uchun qulay bo‘lgan joyda xizmatlarimizni taqdim etayotganimizdan xursandmiz. Hammasi oddiy: kamroq qog‘ozbozlik, biznesni rivojlantirish uchun ko‘proq imkoniyat.

TBC Bank. Haqiqiy biznes uchun.