Hisob-kitob Premium obunasidagi o‘zgarishlar
12.08.2026
TBC Bank yangiliklari
Hisob-kitob Premium obunasidagi o‘zgarishlar
2026-yil 24-avgustdan boshlab Hisob-kitob Premium obunasi o‘z ishini to‘xtatmoqda — endi obunani ulash yoki uzaytirish imkoni bo‘lmaydi.
Hisob-kitob Premium obunasi faol bo‘lgan foydalanuvchilar to‘langan davr oxirigacha uning hamma imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. Keyin obuna avtomatik tarzda o‘chiriladi.
Hisob-kitob Premium’ning hamma funksiyalari TBC Plus obunasiga qo‘shilgan. Uni oyiga 29 990 so‘m evaziga TBC Bank Uzbekistan ilovasida ulashingiz mumkin. Buning uchun: "Barcha xizmatlar" → "TBC Plus" knopkalarini bosasiz.