Endi omonatlarni “O‘zbekiston pochtasi” AJ (UzPost) bo‘limlari orqali to‘ldirish mumkin
20.07.2026
TBC Bank yangiliklari
Endi omonatlarni “O‘zbekiston pochtasi” AJ (UzPost) bo‘limlari orqali to‘ldirish mumkin
Hurmatli mijozlar,
2026-yil 21-iyul boshlab, to‘ldirish imkoniyati bo‘lgan so‘mdagi hamma omonatlar uchun yangi funksiya — “O‘zbekiston pochtasi” AJ (UzPost) bo‘limlari orqali naqd pul bilan to‘ldirish joriy qilinadi.
E’tibor bering:
- har bir mijoz uchun barcha omonatlarni naqd pulda to‘ldirishning oylik limiti — 200 mln so‘m;
- omonatni to‘ldirish vaqtida UzPost xodimlari shaxsingizni tasdiqlaydigan hujjat so‘rashi mumkin.