Namanganda ilk bor TBC Suhbat: Biznes keng ko‘lamli biznes-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

08.06.2026

2026-yil 4-iyun kuni Namanganda TBC Bank Biznes tomonidan Namangan viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etilgan biznes-konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Kun davomida Ma’rifat maskani maydonida turli soha ekspertlari, tadbirkorlar va top-menejerlardan iborat sakkiz nafar spiker chiqish qildi. Konferensiya dasturida kichik biznesni raqamlashtirish, savdoniavtomatlashtirish, ayollar tadbirkorligi, oilaviy biznes, franshiza, sun’iy intellektdan foydalanish, buxgalteriya hisobi hamda xodimlarni boshqarish kabi mavzular qamrab olindi.

 

Konferensiyaning ochilish marosimi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

 

"Namangan — boy tadbirkorlik an’analariga ega mamlakatning yetakchi ishbilarmonlik markazlaridan biri. Bugun bizning oldimizda nafaqat biznesni qo‘llab-quvvatlash, balki tadbirkorlar bilim olishi, tajribaalmashishi va o‘sish uchun yangi imkoniyatlar topishi mumkin bo‘lgan muhitni yaratish vazifasi turibdi. Aynan shunday tadbirlar bizga bu yo‘nalishda harakat qilishga yordam beradi va biz mintaqada bundaytashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz," — deya ta’kidladi u.

 

Konferensiyaning asosiy spikerlari orasida BILLZ avtomatlashtirish platformasi CEO’si Rustam Xamdamov, mahalliy brendlar uchun Teplo Store maskani asoschisi Charos Kamalova, Toshkent Gullari Group rahbari Muborak Muxrimova, Dodo Pizza Uzbekistan CEO’si Dinara Islamova hamda Link Trade CEO’si Laziz Adhamov chiqish qildi.

 

Konferensiya TBC Uzbekistan tomonidan mamlakat hududlarida tadbirkorlik hamjamiyatini rivojlantirishga qaratilgan korporativ ijtimoiy mas’uliyat strategiyasi doirasida tashkil etildi. TBC Suhbat: Biznes uchunmaydon sifatida Namangan shahrining tanlanishi uning yuqori biznes salohiyati hamda mahalliy tadbirkorlik hamjamiyatining faol rivojlangani bilan izohlanadi.

 

“Biz uchun tadbirkorlar yonida bo‘lish muhim — ayniqsa ularga nafaqat qulay bank xizmatlari, balki bilim, amaliy vositalar va yangi imkoniyatlarga ega bo‘lish zarur paytlarda. Shu bois TBC Uzbekistan doirasidabiznesning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan o‘quv dasturlari, moliyaviy savodxonlikni oshirish tashabbuslari hamda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Tadbirkornafaqat xizmat, balki rivojlanish uchun muhitga ega bo‘lsa, bundan birgina kompaniya emas, balki butun iqtisodiyot yutadi”, — dedi Nodira Sultanxodjaeva, business owner TBC Bank Biznes.

 

TBC Uzbekistan biznes uchun mo‘ljallangan ta’lim loyihalarini davom ettiradi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda mamlakatning yetti hududida amaliy biznes-treninglar seriyasinio‘tkazadi. Dastur to‘rt yo‘nalishni qamrab oladi: moliya, marketing va sotuvlar, jamoani boshqarish. Batafsil ma’lumot olish va ishtirok etish uchun arizani @TBCtadbirbot Telegram-boti orqali yuborish mumkin.