TBC Bank Group OLX Uzbekistan'ni sotib olish uchun ruxsat oldi

05.06.2026

Avval xabar qilinganidek, TBC Group Titan Investments bilan hamkorlikda Prosus kompaniyasining onlayn e’lonlar platformasi bo‘lgan OLX Uzbekistan’ni OLX Group tarkibidan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Mazkur bitimni yakunlash uchun tegishli tartibga soluvchi organlarning roziligi talab etilar edi.

Biz O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan bitimni yakunlash bosqichiga o‘tish imkonini beruvchi tegishli ruxsat berilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Foydalanuvchilar orasida yuqori ommaboplikka ega bo‘lgan OLX Uzbekistan platformasining xarid qilinishi TBC Uzbekistan raqamli ekotizimini yanada kuchaytirish, shuningdek bank, to‘lov va lifestyle xizmatlari o‘rtasidagi integratsiyani oshirish imkonini beradi.
 


Bitimni yakunlash jarayoni va keyingi muhim bosqichlar yuzasidan bozor ishtirokchilarini o‘z vaqtida xabardor qilib boramiz.