TBC Suhbat: Biznes — rivojlanishni istaganlar uchun Namanganning eng yirik biznes tadbiri

21.05.2026

4-iyun kuni TBC Bank Biznes Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun TBC Suhbat: Biznes nomli bepul konferensiya tashkil etadi.

Haqiqiy biznes muvaffaqiyat haqidagi chiroyli iqtiboslardan emas, balki haqiqiy ishlardan iborat. Bu kundalik og‘ir mehnat: dam olish kunlarisiz ishlash, savdoni qoʻlda hisob-kitob qilish, har bir yuk ortilishini shaxsan nazorat qilish va rivojlanish uchun doimiy vaqt yetishmasligidir. Kompaniyadagi barcha jarayonlar bevosita biznes egasiga bog‘liq bo‘lsa, uning faoliyatini kengaytirish imkonsiz bo‘lib qoladi. 

Biz TBC Bank’da bilamizki, biznes rivoji — kundalik tashvishlar ortda qolib, moliya va jarayonlarni boshqarishni osonlashtiradigan qulay vositalar joriy etila boshlagan joydan boshlanadi. Shu sabab biz tadbirkorlarni bir joyga jamlab, cheksiz tartibsizlikdan qanday chiqish va haqiqiy biznes qurishni boshlash haqida ochiq va samimiy muhokama qilishga taklif qilamiz. Hech qanday ortiqcha so‘zlarsiz — faqat bozor yetakchilarining real tajribalari va amalda ishlaydigan vositalar. 

Uchrashuv dasturida:

  • Laziz Adhamov (Link Trade): Kichik biznes sun’iy intellekt yordamida qanday qilib tezroq rivojlanishi mumkin
  • Rustam Xamdamov (BILLZ): Bloknotsiz biznes: kichik biznesga nima uchun raqamlashtirish kerak va u o‘sishga qanday yordam beradi
  • Dinara Islamova (Dodo Pizza): Ayollar yetakchiligi, Dodo Pizza’dagi yo‘l va franshiza asosida biznesni rivojlantirish
  • Charos Kamalova (Teplo Store): Muvaffaqiyatli biznesda ijodkorlik va tizimni qanday uyg‘unlashtirish mumkin
  • Muborak Muxrimova (Toshkent Gullari Group): Yangi davr oilaviy biznesi: bitta do‘kondan kompaniyalar guruhigacha qanday o‘sish mumkin
  • va boshqa maxsus mehmonlar va ekspertlar.

 

TBC Suhbat: Biznes — bu foydali tanishuvlar o‘rnatish, yangi hamkorlar topish, yetakchilar tajribasini o‘zlashtirish va o‘z biznesingizni yangi bosqichga olib chiqish mumkin bo‘lgan maydondir. 

Konferensiyada ishtirok etish bepul. Ro‘yxatdan o‘tish va tadbir yangiliklarini kuzatib borish uchun Telegram-botni ishga tushiring: @uzeventsbot.