TBC Uzbekistan mijozlarga qulaylik yaratish uchun ikki tilda muloqot qiluvchi Lola nomli sun’iy intellekt yordamchisini ishga tushirmoqda
29.04.2026
TBC Bank yangiliklari
TBC Uzbekistan mijozlarga qulaylik yaratish uchun ikki tilda muloqot qiluvchi Lola nomli sun’iy intellekt yordamchisini ishga tushirmoqda
Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi bo‘lgan TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellekt (AI) infratuzilmasini rivojlantirishda davom etib, TBC Bank mobil ilovasida mijozlar uchun Lola nomli sun’iy intellekt yordamchisini joriy etmoqda.
Lola yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati yangi bosqichga ko‘tariladi: foydalanuvchilar oddiy savollarga darhol javob oladi, zarur bo‘lganda esa mutaxassis bilan bog‘lanishi mumkin. Ushbu yechim uzluksiz va moslashuvchan qo‘llab- quvvatlash modeli shakllantiradi hamda kelajakda aqlli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Ushbu sun’iy intellekt assistenti TBC Uzbekistan’ning o‘z infratuzilmasida ishlaydi. Algoritmlarni o‘rgatish uchun ekotizim mamlakatdagi eng yirik grafik protsessorlar (GPU) klasterlaridan birini ishga tushirgan. Bu esa texnologiyani rivojlantirish ustidan to‘liq nazoratni saqlash va mijozlarga regulyator talablariga muvofiq ma’lumotlar xavfsizligini maksimal darajada ta’minlash imkonini beradi.
Lola foydalanuvchilarning eng ko‘p uchraydigan savollari bo‘yicha tayyorlangan ssenariylar asosida ishlaydi: ilovadan foydalanishdan tortib, bank mahsulotlari bo‘yicha maslahatlargacha. Sun’iy intellekt hatto eng yuqori yuklama paytlarida ham tez va barqaror javob beradi.
Assistent foydalanuvchi xohishiga qarab rus va o‘zbek tillarida yozma muloqot qiladi. Uning ortida TBC Uzbekistan tomonidan ishlab chiqilgan ovozli texnologiyalar turibdi: ML modeli qo'llab-quvvatlash markazga keladigan minglab murojaatlarni real vaqt rejimida matnga aylantiradi, sun’iy intellekt esa ularni tahlil qilib, yangi so‘rovlarni oldindan aniqlashga yordam beradi. Kelajakda tizimga ovozli rejimni joriy etish rejalashtirilgan.
Lola nomi tasodifan tanlanmagan — TBC Uzbekistan ishga tushirishdan oldin auditoriyani chuqur o‘rgandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, foydalanuvchilar bu ismni g‘amxo‘rlik, e’tibor va har ikki tilda oson talaffuz qilinishi bilan bog‘lashadi. Lola aynan shunday yordamchiga aylandi: u bilan muloqot qilish qulay, u mas’uliyatli va suhbatdoshining shaxsiy chegaralarini hurmat qiladi — faqat so‘ralganda maslahat beradi. U o‘zining sun’iy intellekt ekanini tushunadi va buni o‘zining asosiy ustunligi deb biladi: u 24/7 rejimida to‘xtovsiz odamlarga moliyasini boshqarishda yordam bera oladi.
Nika Kurdiani, TBC Uzbekistan CEO:
«Biz sun’iy intellekt texnologiyalari va infratuzilmamizga katta sarmoya kiritmoqdamiz, chunki buni O‘zbekiston bank bozorida yetakchilikning muhim omillaridan biri deb bilamiz. Investitsiyalar hajmi va auditoriya qamrovi bo‘yicha bu mintaqadagi eng yirik AI loyihalardan biridir. Lolaning ishga tushirilishi — mijozlar uchun AI-first tajribani rivojlantirishdagi muhim qadam. Biz texnologik, tezkor va qulay bo‘lgan, kengayib boradigan mijozlarga xizmat tizimini yaratmoqdamiz. 2026- yil oxiriga kelib, sun’iy intellekt bankka tushadigan murojaatlarning 30 foizigacha qismini mustaqil hal qiladi».
Assistent bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Yaqin orada u mobil ilovaning barcha foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi. Keyingi bosqichda TBC Uzbekistan Lolaning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi: tez orada u mijozlarga amaldagi kreditlar bo‘yicha ma’lumot beradi — qarz miqdori, navbatdagi to‘lovlar va to‘lov jadvali. Kelajakda esa Lola daromad va xarajatlarni tahlil qilish, byudjet va to‘lovlarni boshqarishda yordam beradigan to‘laqonli moliyaviy yordamchiga aylanadi.