TBC Bankdan muddatli omonatlar bo‘yicha shartlarga oid yangiliklar
19.04.2026
TBC Bank yangiliklari
TBC Bankdan muddatli omonatlar bo‘yicha shartlarga oid yangiliklar
2026-yil 30-apreldan boshlab so‘mdagi muddatli omonatlar bo‘yicha foizlarni avtomatik kapitallashtirish imkoniyati joriy qilinadi.
Shuningdek, to‘ldiriladigan qisman yechib olish imkoniyatli va bunday imkoniyatsiz muddatli omonatlarni to‘ldirish bo‘yicha quyidagi cheklovlar amal qiladi:
- 24 oylik omonat — omonat muddatining oxirgi 2 oyida to‘ldirish cheklanadi (bunda avtokapitallashtirish hisobga olinmaydi).
- 13 oylik omonat — omonat muddatining oxirgi oyida to‘ldirish cheklanadi (bunda avtokapitallashtirish hisobga olinmaydi).
2026-yil 30-aprelgacha ochilgan barcha omonatlar uchun amaldagi shartlar saqlanib qoladi. O‘zgarishlar faqat 2026-yil 30-apreldan keyin ochiladigan yangi omonatlarga taalluqli bo‘ladi.
Yangilangan shartlar bilan omonatlar bo‘yicha tariflarda batafsil tanishishingiz mumkin