“Orzular bilan borsiz”: TBC Bank — orzular hayot ko‘lamini belgilovchi mezonligi haqida
27.03.2026
TBC Bank yangiliklari
Toshkent, O‘zbekiston – 2025-yil 28-mart.
TBC Bank brend do‘stlarini orzular haqida suhbatlashish, ilhomlantirish va ushbu orzular qanday qilib o‘sish nuqtasiga aylanishini ko‘rsatish uchun to‘pladi. Tadbirda Big dreams – for everyone deb nomlangan yangi platforma taqdim etildi.
Platformaning asosiy g‘oyasi — “Orzular bilan borsiz” shiorida o‘z aksini topgan. Bu shior orzuni shunchaki xayol emas, balki sizning shaxsiy tayanch nuqtangiz va harakat yo‘nalishingiz sifatida ta’riflaydi. Siz intilayotgan narsa esa shaxsiyatingiz va hayotingizni shakllantiradi.
Tadbirda ushbu fikr hayotiy hikoyalarda ham o‘z aksini topdi. Brendning do‘stlari — Farrux Zokirov, Konsta va Eldor Shomurodov o‘z yo‘llarini nimadan boshlaganlari va ularni maqsad sari yetaklagan qarorlari haqida so‘zlab berishdi.
“Orzular amalga oshadi — men bunga o‘z tajribamda amin bo‘lganman. Har bir orzu ortida mehnat va oldinga intilish istagi turadi. Bir vaqtlar mening qo‘shig‘im Botir Zokirov repertuarida yangrashi orzu edi. Va bu orzu ro‘yobga chiqdi. TBC Bankning orzuga ishonib, harakat qilinsa, haqiqatga aylanishi haqida eslatayotganidan xursandman. Orzu qiling, mehnat qiling va harakatdan to‘xtamang”, — deya ta’kidladi Farrux Zokirov.
“Orzuga mehnatsiz erishib bo‘lmaydi — buni aniq bilaman. Agar qattiq mehnat qilmaganimda, bugun bu darajaga yetmagan bo‘lardim. Shu bilan birga, yonimda hamisha oilam bo‘lgan, ular menga oldinga intilishga kuch bergan. Harakat va mehnat hech qachon zoye ketmaydi. TBC Bank orzu qiladigan va unga erishish uchun harakat qiladigan insonlar uchun platforma yaratayotgani esa quvonarli. Mehnat qiling va ishoning — natija albatta bo‘ladi”, — deydi Eldor Shomurodov.
Big dreams – for everyone platformasi kelgusida mahsulotlar, loyihalar va hamkorliklar orqali rivojlanib boradi. Bunda moliyaviy xizmatlar insonlarga olg‘a intilishda yordam beruvchi vositaga aylanadi.