Asosiy maqsadimiz — odamlar hayotini

osonlashtirish

Biz — Markaziy Osiyodagi yetakchi TBC Uzbekistan raqamli bank ekotizimimiz. Biz o‘z foydalanuvchilarimiz kimligini bilamiz, ularga nima kerakligini tushunamiz va ularning hayotini osonlashtiradigan mahsulotlar ishlab chiqamiz. 
Bularning hammasida xatolardan qo‘rqmaydigan, doim yangi yechimlar izlaydigan va o‘zgacha fikrlaydigan kuchli jamoa yordam beradi.

TBC Uzbekistan’ning 7 prinsipi

01

Qiyinchilikdan qo‘rqmaymiz

Biz optimistmiz va qiyinchiliklarni yangi sinov deb qabul qilamiz

02

Baxtlimiz

Ishimizni sevamiz va hamkasblarimiz yutuqlarini ko‘rib xursand bo‘lamiz

03

Asosiy e’tiborni natijaga qaratamiz

Biz nimaga intilayotganimizni bilamiz va muhim vazifalarni ajrata olamiz

04

Qiziquvchanmiz

“Nega?” degan savolni ko‘p beramiz. Unga javob izlashni va yangi bilimlarni o‘rganishni yaxshi ko‘ramiz

05

Yangi imkoniyatlarga ochiqmiz

Birinchi qadamni tashlaymiz, qulaylik hududidan chiqamiz va o‘zgarishlardan qo‘rqmaymiz

06

Samimiymiz

Ochiqchasiga gapiramiz, xatolarni tan olishdan qo‘rqmaymiz va doim samimiylikni saqlab qolamiz

07

Va’damizni bajaramiz

Harakatlarimiz va qarorlarimiz uchun o‘zimiz javob beramiz