CSR loyihalar
Biz moliyaviy xizmatlar bilan birga jamiyat rivojiga ham investitsiya kiritamiz. TBC Bank Uzbekistan CSR loyihalari ta’lim va tadbirkorlikni rivojlantirish, tabiatga g‘amxo‘rlik va ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz odamlar uchun yangi imkoniyatlar yaratamiz, mahalliy hamjamiyatlarga yordam beramiz va hayotni yanada yaxshilaydigan loyihalarni amalga oshiramiz
TBC Ornaments
TBC Bank Uzbekistan’ning ijtimoiy loyihasi. Uning asosiy maqsadi — o‘zbek amaliy san’ati va xalq ijodi naqshlarini saqlab qolish hamda ulardan foydalanishni osonlashtirish. Loyiha doirasida ushbu naqshlarning raqamli katalogi tayyorlangan
TBC Fin Edu
Video va audiopodkastlar formatidagi ta’lim loyihasi. Unda bank mahsulotlari va xizmatlari haqida sodda va tushunarli tilda aytib beramiz. U orqali bank haqida bilish muhim bo‘lgan hamma jihatlarni tushuntiramiz
TBC Eco Edu
TBC Bank Uzbekistan’ning ekofaollar va eko blogerlar bilan hamkorlikdagi loyihasi. Unda ekologik muammolar haqida gapiramiz. Shuningdek, kundalik hayotda tabiatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga yordam beradigan oddiy maslahatlarni ham ulashib boramiz


